Oyog‘imdagi iz

Assalomu alaykum! Men qish vaqtida issiq suvdan kuyib qolgan edim. Hozirda o‘sha kuygan joyimda iz ya’ni kuyganning dog‘i qolib ketgan u dog‘ tizzamdan ancha pastda bo‘lgani uchun hatto uzun yubkalarda ham ko‘rinib qolyapti. Uydegilar esa hozir ancha rivojlangan lazerli kuydirish orqali kuydurib oyog‘ingdagi izni ketkazdiramiz deyishyapti. Lekin bir ikkita hadis o‘qigandim tanaga shakl berganlar lanatlanganlardir degan. Agar men shu lazer orqali oyog‘imdagi dog‘ni o‘chirtirishga harakat qilsam tanamga shakl berganlardan bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo ayol kishi avrati – ikki kafti va yuzidan boshqa erini yopib yurishi, nomahramlarga ko‘rsatmaligi kerakligini eslatib o‘tamiz. O‘sha kuygan joyingiz ayb hisoblansa, uni amaliyot qilib tuzatsangiz bo‘ladi. Bu shakl berishga kirmaydi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar