Turmush o‘rtog‘imiz Allohning o‘zgarmas qadarimi?

Assalomu alaykum! Vaqtlaringizni ayamay mening savollarimga javob berayotganingizdan behad xursandman. Men oila qurish arafasidaman, shu xususida meni anchadan beri o‘ylantiradigan savol bor edi. “Hadis va Hayot” kitobining 2-juzi 158-betida o‘qiganimda, qadar insonga (sabablariga) bog‘liq bo‘lmagani haqida yozilgan. Shularning ichiga kim bilan oila qurishi ham kiradimi? Ya’ni men kim bilan oila qurishim meni sabablarimga bog‘liqmi, yoki Alloh bizning sabablarimizga bog‘liq qilmaganmi? Xuddi bo‘yimiz, rangimiz kabi? Imkonlaringiz bo‘lsa batafsilroq javob bersangizlar. Chunki menda ko‘p shu xususida turli vasvasa bo‘layapti. Alloh ilmlaringizni yanada ziyoda qilsin. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizning oila qurishingiz ham taqdiringizga bitib qo‘yilgandir.

2 - حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ حَفْصٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا الْأَعْمَشُ، حَدَّثَنَا زَيْدُ بْنُ وَهْبٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ، حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ  وَهْوَ الصَّادِقُ الْمَصْدُوقُ: «إِنَّ أَحَدَكُمْ يُجْمَعُ فِي بَطْنِ أُمِّهِ أَرْبَعِينَ يَوْمًا، ثُمَّ يَكُونُ عَلَقَةً مِثْلَ ذَلِكَ، ثُمَّ يَكُونُ مُضْغَةً مِثْلَ ذَلِكَ، ثُمَّ يَبْعَثُ اللهُ إِلَيْهِ مَلَكًا بِأَرْبَعِ كَلِمَاتٍ، فَيُكْتَبُ عَمَلُهُ وَأَجَلُهُ وَرِزْقُهُ وَشَقِيٌّ أَوْ سَعِيدٌ، ثُمَّ يُنْفَخُ فِيهِ الرُّوحُ، فَإِنَّ الرَّجُلَ لَيَعْمَلُ بِعَمَلِ أَهْلِ النَّارِ حَتَّى مَا يَكُونُ بَيْنَهُ وَبَيْنَهَا إِلَّا ذِرَاعٌ، فَيَسْبِقُ عَلَيْهِ الْكِتَابُ فَيَعْمَلُ بِعَمَلِ أَهْلِ الْجَنَّةِ فَيَدْخُلُ الْجَنَّةَ، وَإِنَّ الرَّجُلَ لَيَعْمَلُ بِعَمَلِ أَهْلِ الْجَنَّةِ، حَتَّى مَا يَكُونُ بَيْنَهُ وَبَيْنَهَا إِلَّا ذِرَاعٌ فَيَسْبِقُ عَلَيْهِ الْكِتَابُ، فَيَعْمَلُ بِعَمَلِ أَهْلِ النَّارِ فَيَدْخُلُ النَّارَ». أطرافه: 3208، 6594، 7454 - تحفة: 9228 - 162/4

2. Abdulloh roziyallohu anhu shunday so‘zlab berdi:
«Sodiqu masduq* Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga shunday so‘zlab berdilar: «(Har) biringiz(ning xilqati) onasining qornida qirq kunda jam qilinadi. Keyin o‘shancha vaqt «alaqa» bo‘ladi. Keyin o‘shancha vaqt «muzg‘a» bo‘ladi. Keyin Alloh unga bir farishtani to‘rt kalima bilan yuborib, amali, ajali, rizqi va baxtsiz yoki baxtli ekani yoziladi. Keyin unga ruh puflanadi. Bir kishi do‘zax ahlining amalini qilib yuradi, hatto u bilan buning orasi bir ziro’ qoladi. Shunda unga bitik ustun keladi da, jannat ahlining amalini qilib, jannatga kiradi. Bir kishi jannat ahlining amalini qilib yuradi, hatto u bilan buning orasi bir ziro’ qoladi. Shunda unga bitik ustun keladi da, do‘zax ahlining amalini qilib, do‘zaxga kiradi».(“Oltin silsila” kitobidan). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:56 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar