Opa-ukalar orasidagi qarz

Assalamu alaykum! Avval izlash xizmatidan izlab topdim, lekin yaxshi tushunmadim. Uka bundan 8 yil muqaddam mashina (damas) olayotib opasidan pul so‘raydi, shunda opa unga o‘sha payt olgan mashinasining uchdan bir qismiga teng pul beradi va “qachon o‘g‘lim mashina olganda qaytarasan” deydi. Oradan 8 yil o‘tib o‘g‘il voyaga etib pulni so‘raganda, qancha berish to‘g‘risida kelishmovchilik kelib chiqdi. Shu holatda uka-opaga qancha qaytaradi? O‘sha payt mashina 4,5 milionga olingan va opa uchdan birini bergan.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz “Uchdan biriga sherikman” deb berganingizda edi, o‘sha olingan mashinaning uchdan biriga sherik bo‘lar edingiz. Mabodo qanchaga sotilsa ham uchdan birini olishingiz mumkin edi. Siz qarz bergan bo‘lsangiz shar’an bergan qarzingizni miqdorchasini olishga haqlisiz. Ortig‘ini talab qilishingiz joiz emas. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:58 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar