Siz bo‘lmaganizda dunyoni yaratmagan bo‘lardim hadisi

Assalomu alaykum! Yaqinda bir ma’ruzada eshitdim. Agar Alloh Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni yaratmaganlarida Odam alayhisalomni ham borinki butun borliqni, bizni ham yaratmagan bo‘lar ekan. Men bundan shuni tushundimki, Rasululloh uchungina bizni hamda borliqni yaratgan Alloh. Tushunmagan tomonim shundaki, Alloh bizni o‘ziga ibodat qilish uchun yaratgan deb ham o‘qigandim. Mana shu masalani menga tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi hadislarda shu ma’nodagi gaplar bor. Lekin bu hadislar zaif hisoblanadi va bu darajadagi gapga dalil bo‘la olmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 140 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar