Bitva Ekstrassensov

Assalomu alaykum! Rossiyaning TNT telekanalida “Bitva Ekstrasensov” nomli ko‘rsatuv bo‘lib, unda har xil insonlar o‘zlarining g‘ayriodatiy kuchlari bilan bellashishadi. Hammasi folbin va duolar bilan shug‘ullanuvchi va jinlar bilan aloqa qilishi turgan gap. Lekin shundaylari borki odamlarga yordam beradi. Masalan unga qarshi qilingan duolarni olishga yordam beradi va hokazo. Deylik bir inson ana shunday jinlar bilan aloqa qilib, maqsadi faqat odamlarga yordam bersa, lekin umrida shu jin yoki ishi tufayli birovga ziyoni tegmasa shunday kishilarga dinimiz qanday qaraydi? Albatta haqiqiy musulmon bo‘lgan kishilarning ishi bunday kishilarga tushmaydi.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining “Folbinlik, sehirgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlarning haqiqati” kitoblarini olib o‘qing. Shunda yuqoridagi va shunga o‘xshash boshqa savollaringizga ham javob topasiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:00 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar