Issiq sovuq haqida
Hurmatli shayx xazratlari. Avvalambor, islomiyatga qilayotgan xizmatlaringiz uchun Allohdan ikki dunyongizni ham saodatli qilishini va xizmatda davom etishingiz uchun sabr-toqat va kuch-quvvat berishini so‘rayman. Ushbu o‘lka va umuman islom dunyosining Sizdek sodiq xizmatkorlari har doim ko‘paysin, Ilohim. Alloh Sizdan rozi bo‘lsin.Menga o‘zimning shaxsiy hayotimdagi muammomning hal bo‘lishiga Allohning izni bilan yordamingizni ayamasligingizni so‘rayman:Yoshim 29da. Hayotimda ikkita ayolim bor. Bittasiga onamning hohishi, o‘zbekchilikda qo‘yilgan ijtimoiy qonun qoidalarga rioya qilish maqsadida uylanganman . Ikkinchisi bilan esa uylangunga qadar tanishganman, keyin tashlab ketishga ko‘nglim (balki insofim) yo‘l qo‘ymagan . Ayollarim bilan munosabatlarimni islom qonun-qoidalari doirasida bo‘lishini ta’minlay olmayapman, biroq har doim ushbu haqida Allohga duo qilib "haqiqiy musulmon ikkita ayoliga qanday munosabatda, qanday muomalada bo‘lishi kerak bo‘lsa men ham ayollarimga shunday muomalada, munosabatda bo‘lishimni ta’minlagin" deb so‘rayman.Ayollar orasidagi rashk ularni sehr ishlatish yo‘li bilan ba’zi yomon yo‘llarga boshlashi hammaga ochiq oydin va tarixda ko‘p kuzatilgan narsa. Hozirda ayollarimdan biri meni issiq-sovuq qilib ikkinchisidan sovutgan degan taxminim bor. Chunki, ushbu ayolim bilan jinsiy yaqinlik qila olmay qoldim. Hohishim, istagim yo‘qolib ketgan. Sal narsaga achchig‘im chiqib ketadi, zo‘rlik bilan o‘zimni bosaman va shunga o‘xshagan narsalar sodir bo‘lmoqda. Bundan juda cho‘chiyapman. Nima qilishga boshim qotib qolgan. Oilada har xil nizolar kelib chiqmoqda. "Issiq-sovuqchi"larga borishning nojoizligini bilaman shuning uchun ushbu yo‘lni umuman miyamdan chiqarib tashlaganman. Har kuni yotishdan oldim ikki qo‘limni ochib, 3 marta Qul huvollohu axadni, 3 marta Qul a’uzi bi Robbil falaqni va 3 marta Qul a’uzi bi Robinnasini o‘qib qo‘lim etganicha badanimga surkab yotaman.Xullas, ushbu hol 2-3 oydan beri davom etib kelmoqda. Nima qilishga boshim qotib qolgan. Agar jinlar yordamida sehrlangan bo‘lsam, ushbu sehrni echishning islomiy qanday yo‘llari mavjud? Yoki islom qoidalari asosida dam solib, sehrni qaytaradigan odamlar Toshkent shahrida mavjudmi? Ushbu haqida har qanday ma’lumot men uchun juda ham muhim. Iltimos, yordamingizni ayamang va duo qiling. Alloh Sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday odamlar bo‘lishi kerak.
28 Aprel 2022, 16:48 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday odamlar bo‘lishi kerak.
28 Aprel 2022, 16:48 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush