Alloh qaerda degan savol noo‘rinmi?
Assalamu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Yaqinda saytda "Alloh qaerda" degan savol-javobni o‘qib qoldim va Allohni biror bir makon bilan chegaralab qo‘yish ahli sunna aqiydasiga to‘g‘ri kelmasligini o‘rganib oldim. Shundan xulosa qilib oldimki, aslini olganda o‘sha savolning o‘zi noo‘rin. Sababi, biror bir "narsa"ning qaerda bo‘lishi uchun u makonda joylashishga moyil bo‘lishi kerak shundaymi? Bu xuddiki "Alloh qanday uxlaydi" degan savolga o‘xshash bo‘ladi. Allohning uxlamasligi aniq bo‘lganidan keyin, u qanday uxlaydi degan savolga umuman javob bo‘lmaydi-ku. Demak, Allohning makonga muhtoj emasligini tan olar ekanmiz, Alloh qaerda, deb savol berishning o‘zi noto‘g‘ri. Hazrat, mening bu mavzudagi fikrlarimda adashuv yo‘qmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Adashuv yo‘q.
26 May 2022, 16:58 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Adashuv yo‘q.
26 May 2022, 16:58 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar