Qur’on qiroatiga tayyorgarlik

Assalamu alaykum! Men Qur’onni ochmasdan oldin qanday duo o‘qisam ko‘p o‘qishga yordam beradi? Javob uchun oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi Qur’oni karim odoblarini qisqa suratda bayon qilamiz: – Qur’on o‘quvchi qori xolis niyat qilishi kerak. Chunki biror-bir amalni qabul bo‘lishi uchun ixlos hamda shariat ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lishi shart. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda : “...Yana bir odamki, ilm o‘rgangan va ilm o‘rgatgan hamda Qur’on o‘qigan. Bas, u olib kelinib, (Alloh unga) bergan ne’matlarini tanitadi. U taniydi. So‘ngra: «Bular ila nima qilding?» deb so‘raydi. «Seni deb ilm o‘rgandim, ilm o‘rgatdim va Qur’on o‘qidim», deydi. «Yolg‘on aytding! Sen ilmni «u olim» deyilish uchun o‘rganding, Qur’onni «u qori» deyilishi uchun o‘qiding. Shunday deyildi ham», deydi U zot. So‘ngra amr qilib, uni yuztuban sudratib borib, do‘zaxga tashlatadi...” Qur’on odoblariga to‘liq amal qilishi lozim. U tilovat paytida o‘zini Alloh taologa munojot qilayotgandek tutishi, Allohni ko‘rib turgandek holatda bo‘lishi kerak. Garchi u ko‘rmasa ham Alloh taolo bandani ko‘rib turadi. Qur’oni Karimni faqat o‘qibgina qolmay uning ma’nolarini tadabbur qilish ham kerak. Alloh taolo “Niso” surasi 82-oyatida marhamat qilib : Qur’onni tadabbur etib ko‘rmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan bo‘lganida, unda ko‘p ixtiloflar topar edilar.(Tafsiri Hilol). degan. Qur’oni Karim insonlarning dasturi amalidir. Shuning uchun o‘qiyotgan Qur’oni nimaga buyurayotgani va nimalardan qaytarayotganini tushunib va unga amal qilishga harakat qilish kerak; حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا جَرِيرُ بْنُ حَازِمٍ، حَدَّثَنَا أَبُو رَجَاءٍ، عَنْ سَمُرَةَ بْنِ جُنْدَبٍ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ  إِذَا صَلَّى صَلَاةً أَقْبَلَ عَلَيْنَا بِوَجْهِهِ فَقَالَ: «مَنْ رَأَى مِنْكُمُ اللَّيْلَةَ رُؤْيَا؟» قَالَ: فَإِنْ رَأَى أَحَدٌ قَصَّهَا، فَيَقُولُ مَا شَاءَ اللهُ، فَسَأَلَنَا يَوْمًا، فَقَالَ: «هَلْ رَأَى أَحَدٌ مِنْكُمْ رُؤْيَا؟» قُلْنَا: لَا. قَالَ: «لَكِنِّي رَأَيْتُ اللَّيْلَةَ رَجُلَيْنِ أَتَيَانِي فَأَخَذَا بِيَدِي، فَأَخْرَجَانِي إِلَى الْأَرْضِ الْمُقَدَّسَةِ، فَإِذَا رَجُلٌ جَالِسٌ، وَرَجُلٌ قَائِمٌ بِيَدِهِ كَلُّوبٌ مِنْ حَدِيدٍ - قَالَ بَعْضُ أَصْحَابِنَا عَنْ مُوسَى إِنَّهُ - يُدْخِلُ ذَلِكَ الْكَلُّوبَ فِي شِدْقِهِ، حَتَّى يَبْلُغَ قَفَاهُ، ثُمَّ يَفْعَلُ بِشِدْقِهِ الْآخَرِ مِثْلَ ذَلِكَ، وَيَلْتَئِمُ شِدْقُهُ هَذَا، فَيَعُودُ فَيَصْنَعُ مِثْلَهُ. قُلْتُ: مَا هَذَا؟ قَالَا: انْطَلِقْ. فَانْطَلَقْنَا حَتَّى أَتَيْنَا عَلَى رَجُلٍ مُضْطَجِعٍ عَلَى قَفَاهُ، وَرَجُلٌ قَائِمٌ عَلَى رَأْسِهِ بِفِهْرٍ أَوْ صَخْرَةٍ، فَيَشْدَخُ بِهِ رَأْسَهُ، فَإِذَا ضَرَبَهُ تَدَهْدَهَ الْحَجَرُ، فَانْطَلَقَ إِلَيْهِ لِيَأْخُذَهُ، فَلَا يَرْجِعُ إِلَى هَذَا حَتَّى يَلْتَئِمَ رَأْسُهُ، وَعَادَ رَأْسُهُ كَمَا هُوَ، فَعَادَ إِلَيْهِ فَضَرَبَهُ، قُلْتُ: مَنْ هَذَا؟ قَالَا: انْطَلِقْ. فَانْطَلَقْنَا إِلَى ثَقْبٍ مِثْلِ التَّنُّورِ، أَعْلَاهُ ضَيِّقٌ وَأَسْفَلُهُ وَاسِعٌ، يَتَوَقَّدُ تَحْتَهُ نَارًا، فَإِذَا اقْتَرَبَ ارْتَفَعُوا حَتَّى كَادَ أَنْ يَخْرُجُوا، فَإِذَا خَمَدَتْ رَجَعُوا فِيهَا، وَفِيهَا رِجَالٌ وَنِسَاءٌ عُرَاةٌ. فَقُلْتُ: مَنْ هَذَا؟ قَالَا: انْطَلِقْ. فَانْطَلَقْنَا حَتَّى أَتَيْنَا عَلَى نَهَرٍ مِنْ دَمٍ، فِيهِ رَجُلٌ قَائِمٌ عَلَى وَسَطِ النَّهَرِ رَجُلٌ بَيْنَ يَدَيْهِ حِجَارَةٌ، فَأَقْبَلَ الرَّجُلُ الَّذِي فِي النَّهَرِ، فَإِذَا أَرَادَ أَنْ يَخْرُجَ رَمَى الرَّجُلُ بِحَجَرٍ فِي فِيهِ، فَرَدَّهُ حَيْثُ كَانَ، فَجَعَلَ كُلَّمَا جَاءَ لِيَخْرُجَ رَمَى فِي فِيهِ بِحَجَرٍ، فَيَرْجِعُ كَمَا كَانَ. فَقُلْتُ: مَا هَذَا؟ قَالَا: انْطَلِقْ. فَانْطَلَقْنَا حَتَّى انْتَهَيْنَا إِلَى رَوْضَةٍ خَضْرَاءَ، فِيهَا شَجَرَةٌ عَظِيمَةٌ، وَفِي أَصْلِهَا شَيْخٌ وَصِبْيَانٌ، وَإِذَا رَجُلٌ قَرِيبٌ مِنَ الشَّجَرَةِ بَيْنَ يَدَيْهِ نَارٌ يُوقِدُهَا، فَصَعِدَا بِي فِي الشَّجَرَةِ، وَأَدْخَلَانِي دَارًا لَمْ أَرَ قَطُّ أَحْسَنَ مِنْهَا، فِيهَا رِجَالٌ شُيُوخٌ وَشَبَابٌ، وَنِسَاءٌ وَصِبْيَانٌ، ثُمَّ أَخْرَجَانِي مِنْهَا فَصَعِدَا بِي الشَّجَرَةَ فَأَدْخَلَانِي دَارًا هِيَ أَحْسَنُ وَأَفْضَلُ، فِيهَا شُيُوخٌ وَشَبَابٌ. قُلْتُ: طَوَّفْتُمَانِي اللَّيْلَةَ، فَأَخْبِرَانِي عَمَّا رَأَيْتُ. قَالَا: نَعَمْ، أَمَّا الَّذِي رَأَيْتَهُ يُشَقُّ شِدْقُهُ فَكَذَّابٌ يُحَدِّثُ بِالْكَذْبَةِ، فَتُحْمَلُ عَنْهُ حَتَّى تَبْلُغَ الْآفَاقَ، فَيُصْنَعُ بِهِ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ. وَالَّذِي رَأَيْتَهُ يُشْدَخُ رَأْسُهُ فَرَجُلٌ عَلَّمَهُ اللهُ الْقُرْآنَ، فَنَامَ عَنْهُ بِاللَّيْلِ، وَلَمْ يَعْمَلْ فِيهِ بِالنَّهَارِ، يُفْعَلُ بِهِ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ. وَالَّذِي رَأَيْتَهُ فِي الثَّقْبِ فَهُمُ الزُّنَاةُ. وَالَّذِي رَأَيْتَهُ فِي النَّهَرِ آكِلُو الرِّبَا. وَالشَّيْخُ فِي أَصْلِ الشَّجَرَةِ إِبْرَاهِيمُ ، وَالصِّبْيَانُ حَوْلَهُ فَأَوْلَادُ النَّاسِ، وَالَّذِي يُوقِدُ النَّارَ مَالِكٌ خَازِنُ النَّارِ. وَالدَّارُ الْأُولَى الَّتِي دَخَلْتَ دَارُ عَامَّةِ الْمُؤْمِنِينَ، وَأَمَّا هَذِهِ الدَّارُ فَدَارُ الشُّهَدَاءِ، وَأَنَا جِبْرِيلُ، وَهَذَا مِيكَائِيلُ، فَارْفَعْ رَأْسَكَ، فَرَفَعْتُ رَأْسِي فَإِذَا فَوْقِي مِثْلُ السَّحَابِ. قَالَا: ذَاكَ مَنْزِلُكَ. قُلْتُ: دَعَانِي أَدْخُلْ مَنْزِلِي. قَالَا: إِنَّهُ بَقِيَ لَكَ عُمْرٌ لَمْ تَسْتَكْمِلْهُ، فَلَوِ اسْتَكْمَلْتَ أَتَيْتَ مَنْزِلَكَ». أطرافه: 845، 1143، 2085، 2791، 3236، 3354، 4674، 6096، 7047 تحفة: 4630 - 127/2 1386. Samura ibn Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qib bo‘lgach, bizga yuzlanib: «Sizlardan kim bu kecha tush ko‘rdi?» der edilar. Biron kishi ko‘rgan bo‘lsa, hikoya qilib, Alloh xohlaganicha aytib berar edi. Bir kuni bizdan: «Sizlardan biron kishi tush ko‘rdimi?» deb so‘radilar. «Yo‘q», dedik. U zot dedilar: «Lekin men bu kecha ikki kishi oldimga kelib, qo‘limdan tutib, meni Muqaddas zaminga olib chiqqanlarini ko‘rdim. Qarasam, bir kishi o‘tiribdi, yana bir kishi qo‘lida temir ilgak bilan turibdi. – Ashoblarimizdan biri Musodan rivoyat qilib aytgan.* – U ilgakni lunjidan to gardaniga etib borguncha tiqar, so‘ngra narigi lunjiga ham xuddi shunday qilar, bu lunji(ning jarohati) bitgach, yana qaytib xuddi shunday qilar edi. «Bu nima?» dedim. Ikkalasi: «Yuring», deyishdi. Biz yurib, chalqancha yotgan bir kishining oldiga etib bordik. Uning boshida bir kishi hovuchida tosh bilan yoki xarsang bilan turib, u bilan uning boshini yorar edi. Har urganida tosh dumalab ketardi. U uni olgani yurib borar, buning oldiga qaytgunicha uning boshi(ning jarohati) bitib qolar edi. Uning boshi asl holiga qaytgach, oldiga qaytib kelib, uni yana urar edi. «Bu kim?» dedim. Ikkalasi: «Yuring», deyishdi. Biz yurib, tandirga o‘xshash yuqorisi tor, pasti keng chuqurning oldiga bordik. Uning tagiga o‘t yoqilar edi. U (olov) yaqinlashsa, ular (ichidagi odamlar) ko‘tarilar, hatto undan chiqib ketay deyishar, so‘nganda esa uning ichiga qaytishar edi. Unda yalang‘och erkak va ayollar bor edi. «Bular kim?» dedim. Ikkalasi: «Yuring», deyishdi. Biz yurib, qonli daryoning oldiga keldik. Daryoning o‘rtasida bir kishi turar, (qirg‘oqdagi) bir kishining oldida esa tosh turar edi. Daryodagi kishi oldinga yurib kelar, endi chiqmoqchi bo‘lsa, narigi kishi uning og‘ziga tosh otib, uni turgan joyiga qaytarib yuborar edi. Har safar chiqaman deb kelganida uning og‘ziga tosh otar va u oldingi holatiga qaytib ketar edi. «Bu nima?» dedim. Ikkalasi: «Yuring», deyishdi. Biz yurib, yam-yashil boqqa etib keldik. Unda bir azim daraxt bo‘lib, tagida bir qariya va bolalar bor edi. Qarasam, daraxtning yaqinida bir kishi olov yoqib turibdi. Haligi ikkalasi meni daraxtga olib chiqishdi va meni bir hovliga olib kirishdi. Bundan chiroylisini ko‘rmaganman. Uning ichida erkaklar, keksalar, yigitlar, ayollar va bolalar bor edi. So‘ngra ikkalasi meni u erdan chiqarib, daraxtga olib chiqishdi-da, yanada go‘zalroq va afzalroq bir hovliga olib kirishdi. Unda ham keksalar va yigitlar bor edi. «Bu kecha meni sayr qildirdinglar. Endi ko‘rgan narsalarim haqida xabar beringlar», dedim. Ular: «Siz ko‘rgan lunji yorilayotgan (kishi) kazzobdir. U yolg‘on so‘zlaydi va (yolg‘onini) undan olib, barcha o‘lkalarga etkazib boriladi. Unga qiyomat kunigacha (shunday) qilinadi. Siz ko‘rgan boshi yorilayotgan (kishi) – Alloh Qur’onni o‘rgatgan, u esa tunda undan g‘ofil bo‘lib uxlagan, kunduzi esa unga amal qilmagan kishidir. Unga qiyomat kunigacha (shunday) qilinadi. Chuqurda ko‘rganlaringiz zinokorlardir. Daryoda ko‘rganingiz esa sudxo‘rlar. Daraxtning tagida ko‘rgan qariyangiz Ibrohim alayhissalomdir, atrofidagi bolalar – insonlarning zurriyotlaridir. Olov yoqib turgan esa jahannam qo‘riqchisi Molikdir. Siz kirgan birinchi uy barcha mo‘minlarning uyidir, mana bu uy esa shahidlarning uyidir. Men Jabroilman, bu esa Mikoil. Endi boshingizni ko‘taring», deyishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam, tepamda xuddi bulutga o‘xshagan narsa turibdi. «Ana shu sizning manzilingiz», deyishdi. «Meni o‘tkazib yuboringlar, manzilimga kiray», dedim. «Sizning hali tugatmagan umringiz qolgan, tugatganingizda manzilingizga kelasiz», deyishdi». * «Temir ilgak» degan so‘zni imom Buxoriyning shogirdlaridan biri u zotning shayxlari Muso ibn Ismoildan rivoyat qilgan. – qiroatdan oldin og‘iz misvok yoki boshqa vositalar bilan tozalanadi. Misvokning eng afzali arok daraxtidan olinganidir. Ammo, tishlarni tozalashda boshqa vositalarni ham ishlatsa bo‘ladi. Agar og‘izda qon yoki boshqa narsalar bo‘lsa, uni yuvib tashlamay Qur’on tilovat qilish makruh sanaladi; – Qur’on tahoratli holda o‘qiladi. Agar suv topilmasa, tayammum qilinadi. Junub va hayz ko‘rayotgan ayol bir oyat yoki undan kam miqdorda bo‘lsa ham o‘qishi harom. Ammo harflarni talaffuz qilmasdan, qalbdan o‘tkazsa bo‘ladi. Shuningdek, bunday holda Mushafga nazar solish ham joiz. Junub va hayz ko‘rgan ayol tasbeh, tahlil, tahmid, takbir aytishi va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot yo‘llashi mumkin. Bu toifadagilar musibat etganda Qur’on oyatini niyat qilmagan holda “innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’un”, deyish joizligiga ulamolar ittifoq qilishgan. Shuningdek, ular ulovga minishda “subhaanallaziy saxxoro lanaa haazaa va maa kunnaa lahuv muqriniyn”, deb aytishlari va faqat duo niyati bilan “robbanaa aatinaa fid-dunyaa hasanatav-va fil-aaxirati hasanatav-va qinaa azaaban-naar”, deyishlari ham joiz; – qiroat qilinadigan joy pok va ozoda bo‘lishi lozim. Shuning uchun ko‘p ulamolar, masjidda Qur’on o‘qish mustahab, deganlar. Chunki masjid doimo ozoda bo‘ladi. Bunda masjidning hurmati va sharafi ham e’tiborga olinadi; – Qur’on o‘quvchi qiroatni boshlashdan avval, أَعُوذُ بِاللهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ Ya’ni, “a’uzu billaahi minash-shaytonir rojiym”, deydi. Bu fikr jumhur ulamolarning so‘zlaridir. Ba’zi ulamolar ta’avvuzni qiroatdan keyin aytadi, deyishadi. Ular bunga Alloh taoloning quyidagi oyatini dalil qilib keltiradilar. Alloh taolo aytadi: “Qachon Qur’on o‘qisang, mal’un shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so‘ragin!” (Nahl, 98). Lekin ko‘pchilik ulamolar fikricha, ta’avvuz qiroatdan oldin aytiladi. Ko‘pchilik salaf ulamolar taavvuzni “a’uzu billaahis-samiy’il ’aliymi minash-shaytonir rojiym” tarzida aytishardi. Ushbu siyg‘a (shakl) ham maqbul, lekin eng afzali birinchisi (ya’ni, “a’uzu billaahi minash-shaytonir rojiym”)dir. Xoh namozda yoki boshqa holatda bo‘lsin qiroat avvalida ta’avvuzni aytish mustahab, vojib emas. Shuningdek, Tavba surasidan boshqa hamma suralar avvalida بِسْمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ Ya’ni, “bismillaahir-rohmaanir-rohiym”ni aytish lozim. Agar basmalani tark qilsa, ko‘pchilik ulamolarning fikricha, Qur’onning odobini buzgan hisoblanadi; – agar qori adashib ketmasa, Qur’onni yo‘lda yoki safarga ketayotganida qiroat qilishi joiz. Agar qiroatda xayoli chalg‘isa yoki yanglishsa, u holda yo‘lda tilovat qilish makruh. Nabiy sollallohu alayhi vasallam mudroq holdagi kishini qiroat qilishdan qaytarganlar, chunki bunda odam adashib, noto‘g‘ri qiroat qilib qo‘yishi mumkin. وَعَنْ حُمَيْدٍ الأَعْرَجِ عَنْ مُجَاهِدٍ قَالَ: إِذَا تَثَاوَبْتَ وَأَنْتَ تَقْرَأُ فَأَمْسِكْ عَنْ الْقِرَاءَةِ حَتَّى يَذْهَبَ عَنْكَ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الإِيْمَانِ. Humayd A’roj Mujohiddan rivoyat qiladi: “O‘qiyotganingda esnasang, esnash to‘xtagunicha qiroat qilmay tur” (Bayhaqiy “Shuabul-iymon”da rivoyat qilgan). Demak, esnayotganda Qur’on o‘qish mumkin emas. Bunda tilovatni to‘xtatib turib, og‘izni o‘ng qo‘l bilan yopish kerak. Bu ham odobdandir; – Namozdan tashqari holatda ham qiblaga yuzlanib tilovat qilish mustahab. – Qur’on o‘quvchi qori sokin va viqor bilan, boshini quyi solib, o‘zini xuddi ustozi oldida o‘tirgandek tutishi lozim. Tik turib yoki to‘shagida yotgan holda ham qiroat qilsa bo‘ladi, lekin o‘tirib qiroat qilish afzal. Alloh taolo aytadi:Albatta, osmonlar va Erning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekaniga) oyat-alomatlar bordir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni zikr qiladilar hamda osmonlar va Erning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): “Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish qilishdan) poksan! O‘zing bizni jahannam azobidan asragin!”(Oli-Imron, 190-191). Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhu aytadi: “Men Qur’onni namozda ham, yotog‘imda ham o‘qiyman”. Qur’onni xatm qilib bo‘lgach, duo qilish ham Qur’oni karim odoblaridan sanaladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:10 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar