Qaynoq suv bilan hashorotlarni o‘ldirish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, dinimiz ravnaki yo‘lida qilayotgan amallaringizni Alloh xayrli, manfaatli va bardavom aylasin. Biz avom xalqqa esa yaxshi izdosh bo‘lishni nasib etsin. Siz azizlarga beradigan savolim bir qarashda, balki aslida xam unchalik axamiyatga ega emasdir, lekin issiqlik bilan biror jonni azoblash mumkin emas degan gap qaynoq suvga xam tegishlimi yoki faqat olov xaqidami bilgim keldi. Chunki ko‘pincha qishloq joylarda issiq fasllarda turli xashorotlar, asosan qovoq arilar xar erga in qurib tashlaydi va zarar beradi. Bunday xolatda ko‘pchilik qaynatilgan suv sepib ularni yo‘q qilishadi. Bu xolat shariatimizda qanday baxolanadi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadisda olov kelgan. Qaynoq suv bilan o‘ldirish man qilinganini bilmaymiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: بَعَثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي بَعْثٍ، فَقَالَ: إِنْ وَجَدْتُمْ فُلَانًا وَفُلَانًا فَأَحْرِقُوهُمَا بِالنَّارِ، ثُمَّ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ أَرَدْنَا الْخُرُوجَ: إِنِّي أَمَرْتُكُمْ أَنْ تُحْرِقُوا فُلَانًا وَفُلَانًا، وَإِنَّ النَّارَ لَا يُعَذِّبُ بِهَا إِلَّا اللهُ، فَإِنْ وَجَدْتُمُوهُمَا فَاقْتُلُوهُمَا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni bir cherikda yuborib: «Agar falonchi va falonchini topsangiz, ikkalasini o‘tda yoqib yuboring», dedilar. Keyin yo‘lga chiqmoqchi bo‘lganimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarga falonchi va falonchini o‘tda yoqib yuborishni buyurgan edim. Olov bilan faqat Alloh azoblaydi. Agar ikkovini topsangiz, ularni qatl qiling», dedilar». حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ عِكْرِمَةَ: أَنَّ عَلِيًّا رَضِي اللهُ عَنْهُ حَرَّقَ قَوْمًا، فَبَلَغَ ابْنَ عَبَّاسٍ فَقَالَ: لَوْ كُنْتُ أَنَا لَمْ أُحَرِّقْهُمْ، لِأَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تُعَذِّبُوا بِعَذَابِ اللهِ، وَلَقَتَلْتُهُمْ كَمَا قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ بَدَّلَ دِينَهُ فَاقْتُلُوهُ Ikrimadan rivoyat qilinadi:
«Aliy roziyallohu anhu bir (murtad) qavmni yoqib yubordi. Bu Ibn Abbosga etganda, u: «Men bo‘lganimda, ularni yoqib yubormagan bo‘lar edim, chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohning azobi bilan azoblamanglar», deganlar. Men Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Kim dinini almashtirsa, uni o‘ldiringlar» deganlaridek, ularni o‘ldirtirgan bo‘lar edim», dedi».
Izoh: Imom Tabaroniyning rivoyat qilishicha, o‘sha odamlar zohiran musulmonmiz deb yurib, keyin esa Islomdan chiqdik, deb e’lon qilishgan. Ular Aliy roziyallohu anhuni xudo deyishgacha borishgan. Aliy roziyallohu anhu avvaliga ularga yaxshi muomala qiladi, lekin ko‘nishmagach, ularni o‘ldirishga buyuradi. Ularning yoqib yuborilishi Aliy roziyallohu anhuning qo‘l ostidagi ba’zi odamlarning tasarrufi bo‘lishi ham mumkin, chunki u kishiga Ibn Abbos roziyallohu anhumoning mazkur gapi etkazilganda, «To‘g‘ri aytibdi» deb, tasdiqlagan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:19 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom