Jum’a namozini davom ettirish

Assalomu alaykum! Iltimos buni ham chuntirib beringlar."https://fiqh.uz/index.php/ibodat/halol-harom/safar/582-musofirning-namoziga-oid-masalalar". Biror sabab bilan Jum’a namoziga iqtido qilgan musofirning namozi fosid bo‘lsa, qayta qo‘shilishga ulgursa, «Jum’a» deb qo‘shiladi, ulgurmasa, peshin namozini qasr qilib o‘qiydi. Bu erda chunmaganim namozni boshlab olgan odam qanday qilib davob ettirib ketaolmaydi? Ushbu holat muqimlikda sodir bo‘lsachi? Chuntirib berganlaringiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masalan tahoratisiz namozga kirishgan bo‘lsa, yoki kiyimi pokiza bo‘lmasa va shu kabi namozga qo‘shilishni man qiluvchi narsalar bo‘lib, tahorat qilib kelguncha jum’a namozi tugab qolsa, peshinni qasr qilib o‘qiydi. Xuddi shu holatda muqim odam peshinni to‘liq qilib o‘qiydi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar