Bu duo payg‘ambarimizga salovotmi?

Assalomu alaykum! Men ko‘pdan beri eshitib yodlagan duoim haqida o‘ylanib qoldim. Namozdan song: Subhanalloh, Alhamdulillah, Allahu Akbar degandan so‘ng duo qilib bo‘lib Allohumma solli va sallim va barik alayx degan duo aslida qanday yoziladi? Buni men eshitib yodlaganman yana xato aytib yurmay. Keyin shu payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytilingan salovatmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytar ekansiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar