Allohga qasam deb gapirish

Assalamu alaykum! O‘tgan Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini Alloh O‘z rahmatiga olsin, boshlagan xayrli ishlarini boshlariga soyabon qilsin va qiyomat kunida Arshning soyasida turadigan bandalaridan qilsin. Islom tarixiga oid kitoblarni o‘qir ekanmiz sahoba ikromlarni “Allohga qasam bo‘lsinki”, “sizni payg‘ambar qilib yuborgan zotga qasamki”, “eru ko‘kni yaratgan zotga qasam” deb gapirganlariga guvoh bo‘lamiz. Biz ham ulardan o‘rnak olib shunday gapirishimiz durust bo‘ladimi? Yoki bu arablarni o‘zlariga xos bo‘lgan so‘zlashuv uslubimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arablarda qasam ichib gapirish odat tusiga aylanib qolgan. Lekin bu odat yaxshi emas. Chunki biror ishga qasam ichib qo‘yib uni ado qila olmasangiz kafforati vojib bo‘ladi. Agar qasam ichish odatga aylanib qolsa, kafforatlarni ham vojib bo‘lishi ko‘payib ketadi. Gohida yolg‘on narsaga qasam ichib qo‘yilsa shariat qaytargan “yaminul g‘omus” ya’ni gunohlarga botiruvchi qasam ichgan bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar