Patoga borishlik

Assalomu alaykum! Bizni diyorlarda biror xonadonda kimdir vafot etsa ertasi kuni, 3 kuni, 40 kun bo‘lguncha tong saxardan maxalla kuy, qarindosh urug‘ va xokazo yuzlab odamlar musibat etgan xonadonga Pato o‘qishlik uchun keladi. Qur’onni bir qori tinmay o‘qib turadi, yangi guruppa odam kelsa boshqa o‘qiydi. Agar Qur’on o‘qib marxumga bag‘ishlansa savobi o‘sha marxumga etib borsa xar bir odam o‘z uyida Qur’on tilovat qilib o‘tgan marxumga bag‘ishlasa bo‘lmaydimi? Kunlar sovishi bilan musibat etgan xonadon egalariga bunday marosimlarni kuzatish juda qiyin, ayollar, yosh bollar, kimnidir bir xona uyi bor, rosa sarson bo‘lishadi. Marxumni yaqinlari eshik oldida to obedgacha sovuq eb keldi kettini kuzatadi. Bunday amallar Qur’on va xadis yoki mazxabda buyurilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda pato degan narsa yo‘q. Shariatimizda boshiga musibat tushgan kishini oldiga borib, musibatini aritish, tasalliy berish, biror yordamga muhtoj bo‘lib qolsa yordam berish degan narsa bor. Buni nomini ta’ziya deyiladi. Ko‘p narsalardagi kabi ta’ziyani ham odamlar orasida surati qolib ma’nosi yo‘qolib qolgan. Borib faqat Qur’on o‘qib kelish bo‘ladigan bo‘lsa o‘zini uyida o‘qib savobini bag‘ishlashi mumkin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:25 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar