Idris alayhissalom haqlarida

Assalamu alaykum! "Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati! Alloh qilayotgan ishlaringizning ajr-savobini oshirib bersin.  1. Men ikki savolni bir yo‘la so‘ray degandim. Bir birodarim aytib qoldi. U “Qisasul anbiyo” kitobida o‘qiganmish. Unda: Alloh taolo Idris alayhissalomni jannatga kirgizib, o‘sha erda u kishini qiyomatgacha qoldirgan emish va u kishi tirik emish. Shu masala to‘g‘risida hadis yoki oyatlar bormi?  2. Yana aytib qoldiki, Samarqanddagi Shohi zinda degan joyga bir quduqning tagida qanday bir odamlar yashagan ekan. Ular ham tirik qavm emishlar. Aytishicha, Amir Temur bobomiz bir odamni o‘sha quduqqa tushirib, u erda nima borligini bilib kel, degan ekanlar. U odam tushsa, u erda binolar bor ekan va u erdagi odamlar biz haqimizda podshohinga aytsang, avloding kiyomatgacha ko‘r bo‘lib o‘tadi, deganmish. Bu to‘g‘risida dinimiz olimlari qanday fikrdalar? Javob uchun oldindan rahmat! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.   
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1. Bu ixtilofli masalalardan bo‘lib, bu haqda birorta sarih (ochiq-oydin) va sahih (ishonchli) ma’lumot yo‘q.  Darvoqe, “Va uni oliy maqomga ko‘tardik” (Maryam surasi, 57-oyati) bunga dalolat qilmasligini muhaqqiq ulamolar ta’kidlaganlar. Shayx Hazratlari ham bu oyatning tafsirida: “Ya’ni, Biz Idrisning qadrini yuksak, zikrini oliy qildik”, deydilar. 2. Bunisi esa mutlaqo asossiz, tagi yo‘q, quruq gap bo‘lib, aqlga ham, naqlga ham to‘g‘ri kelmaydi Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:19 | Savol-javoblar | 213 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar