Noto‘g‘ri ish qildimmi?
Aziz ustozlar! Bizning shaharda “Birning yo‘li” degan avtobus yo‘nalishi bo‘lib, agar o‘sha yo‘nalishga taksiga chiqilsa, kishi boshiga 1.000 so‘mdan olib borib qo‘yadi. Men doim o‘sha yo‘nalishdan chiqib, uyimgacha tashlab qo‘ygan taksiga 2.000 so‘m bersam hammasi rozi bo‘lar edi. Bir necha kun oldin ham bir taksiga kelishmasdan “Birning yo‘nalishigami” desam, u “Ha” dedi va men chiqdim. Tushishda 2.000 bersam, yana 1.000 so‘radi. Mayli deb berdim. Bugun ham shu hol takrorlandi. Men “axir doim 2.000ga kelib yuraman” desam, “men yurmayman” dedi. Jahlim chiqib “oling bo‘lmasa, men shu 1.000 so‘mga rozi emasman” deb berdim. U esa “menga bunday puling kerak emas” deb otib yubordi. U menga boshida yo‘l haqiga 3.000 so‘m berishimni aytmagan edi. Uning ishi to‘g‘rimi? Qalbim xotirjam bo‘lmagani uchun o‘sha 1.000 so‘mni masjidga “taksist akaning nomidan” deb ehson qilib yubordim. Ustozlar men noto‘g‘ri ish qildimmi? Nima qilsam shariatga muvofiq bo‘ladi? Iltimos, yordam beringlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat ko‘rsatmasi bo‘yicha sizni qilgan ishingizni ijara deyiladi. Ijaraning durust bo‘lish shartlaridan biri ish va xizmat haqqini oldindan tayin qilib olishdir. Agar tayin qilinmasa ijara fosid bo‘ladi va bunday qiluvchi gunohor ham bo‘ladi. Birinchidan tavba qilish kerak. Ijara fosid bo‘lgan holatda xizmat qiluvchiga ajr misl beriladi. “Ajr misl” deb odatda o‘sha vaqtda o‘sha ishni bajarishga beriladigan haqga aytiladi. Agar odatda boshqalar siz 2.000 beradigan joyga 3.000 berishadigan bo‘lsa, oldindan kelishib olmay ijarani fosid qilganingiz uchun siz ham 3.000 berishingiz kerak bo‘ladi. Qolaversa masjid eng pokiza joy, shubhali pullarni u erga umuman sarf qilinmaydi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:22 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar