Ko‘chirib olish

Assalamu alaykum! Shayx Hazratlari hayotlik vaqtlarida u kishidan audio mahsulot va maqolalaridan nusxalaridan yaqinlarimga tarqatishga ruxsat olganman. Yaqinda shayx Hazratlarining savol-javoblaridan bir nechtasini yoshlarga foydasi bo‘ladi degan maqsadda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdim. Shunda bir ukamiz “bunday qilish mumkin emas” deb qoldi. Shu to‘g‘rimi? Shayx Hazratlariga tegishli saytlardan savol-javob va maqolalarni kopirovat qilib tarqatishimga ruxsat berishlaringizni so‘rayman. Mening ojizona fikrim bo‘yicha shunday qilsak ko‘pchilikka har tomonlama foyda keltirgan bo‘lamiz.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Saytning o‘zidan foydalanishingiz maqsadga muvofiq va gumondan yiroq bo‘ladi. Alloh hammamizni O‘z hidoyatida bardavom aylasin! Ismoil Muhammad Yusuf. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar