Foreks birja
Assalomu alaykum! Foreks islomda nojoiz ekanligini, pul oldi berdi qilganda qo‘lma ko‘l bo‘lish sharti borligini onlayn pul oldi berdi qilib bo‘lmasligini, eski savollarni o‘qib o‘rgandim. 1-savol: forexdan boshka fondlarda savdo kilsa buladimi birjada fakat foreks xalol emasmi yoki pul savdosini qiladigan boshqa fondlar xam xarommi? Tilla savdosi xam pulga o‘xshab qo‘ldan qo‘lga o‘tishi kerakmi yoki onlayn savdo qilsa bo‘ladimi? 2-savol: savdo qiladigan molni xech bo‘lmaganda bir qismi qo‘lda bo‘lsa onlayn pul savdosi joiz deb o‘qidim. Pulni bir qismini chiqartirib olib kegin savdo qilursak bo‘ladimi? 3-savol: foreksdan boshqa fondda neft savdosi bilan shug‘ullanish mumkinmi? 4-savol: foreksda islomi bank orqali pulni echib olsa bo‘larkan bank pulni echib berganiga foiz olmas ekan shunaka yo‘l bilan ishlash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savol bu tariqa berilmaydi. Biz ma’lumotga ega bo‘lmagan fondlarimiz haqida aniq javob bera olmaymiz. Umumiy javob berishimiz mumkin, shariatga muvofiq bo‘lsa, harom bo‘lmaydi, deb. Shuning uchun savolni aniq qilib, ishlash uslubini bayon qilgan holda aniq ma’lumotlar bilan berishingiz kerak. O‘zi aslida tilla va kumush savdosida qo‘ldan qo‘lga bo‘lishi kerak. Pul tilla va kumushning o‘rniga ishlatiladigan vosita bo‘lgani uchun unda ham o‘sha shart qo‘yiladi. 2, 3, 4) Bu masalalarda siz tutgan yo‘l to‘g‘ri emas. Biz sizga faqat o‘zimizda bo‘lgan ma’lumot asosida javob bera olamiz. Siz so‘rayapgan fond birjalarining ishlash uslubini va boshqa nozik taraflarini biz bilmaymiz. Uning uchun alohida har birini o‘rganib chiqishimiz kerak. Shuning uchun agar siz "Foreks" va shu kabi fond birjalarda savdo qilmoqi bo‘lsangiz, savdo-sotiqqa tegishli shariatimizning ahkomlarini puxta o‘rganib olishingiz kerak. Hozir siz biz yoki boshqa kimdir, qaerdadir masalaning ba’zi muammolariga "bo‘lmaydi" yoki "harom" degan gapimiz asosida tijorat qilishingiz to‘g‘ri emas. Xususan "Foreks" birjasi haqida Butundunyo Islom Robitasi qoshidagi fiqh akademiyasining katta fatvosi chiqqan. Unada bu fond birjasidagi qator amaliyotlar(Margin, Leverage, SWAP)ning shariatga zid ekanligi aytib o‘tilgan. Islomiy "Foreks"da ochiq-oydin ribo bo‘lmasa ham, mulohazalar bor. Shunga asosan siz shu tijoratni qilmoqchi bo‘lsangiz shariatdagi talablarni mukammal o‘rganib keyin kirishingiz zarur bo‘ladi. Bunday qilmasangiz haromga qo‘l urishingizning katta ehtimoli bor. Musulmon kishi o‘zi kasb qiladigan sohasining shar’iy ahkomlarini o‘rganishi farzi ayn ya’ni, o‘sha kishining o‘ziga farz hisoblanadi. Agar shunday qilib, shariatning talablarini yaxshi bilib olsangiz, o‘zingizga ro‘para bo‘lgan masalarni o‘sha mezonga solib ish qilasiz. Mabodo o‘zingiz aniq hukmini bila olmasangiz keyin masalani bizga tushuntirib hukmini so‘rasangiz bo‘ladi. Hozir esa, uzuq-yuluq ma’lumotlar asosida bu ishga kirishmoqchisiz. Maqsad halollik bo‘lsa, g‘ayrat qilib diningizni o‘rganing. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat