Yangi tselofan(polietilen) paketni puflab orasini ochish

Assalomu alaykum! Bugun bozorda quruq meva xarid qilganimda, sotuvchi yigit tselofan paketni ichini ochish uchun uning ichiga og‘zidan pufladi. Ya’ni, shunday qilganda yangi paket ichi havoga to‘lib ochiladi va uning ichiga mahsulot solish osonlashadi. Men sotuvchiga unday qilmasligini iltimos qilib, qaytadan boshqa paketga soldirdim. Bu holatni xuddi ovqat yoki choyni puflab eyish va ichish makruh bo‘lgan kabi deb tushundim. Ammo sotuvchi yigit buni irimga yo‘yib, meni bid’at amal qilganlikda aybladi. Mening fikrim to‘g‘rimi? Shu masalaga oydinlik kiritib berishingizni iltimos qilaman. Alloh amallaringizning fayzini va rivojini bersin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu narsa siz tushunganchalik emas. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:43 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar