Qimorchilarga kanal sotish

Assalomu alaykum! Men telegram ijtimoiy tarmog‘ida kanal administratori bolib kanal yuritaman yaqinda bir insonga kanal sotdim ichida 70 mingta o‘zbek a’zolari bor edi kanalni olgan odam kanalni qimorga o‘zgartirib odamlarni qimorga taklif qilyapti men kanalni sotishimdan oldin shunaqa ish qilishini aytgan edi endi men sotganim Gunoh bo‘ladimi topgan pulim ham harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilib turib harom ishlar qiluvchiga sotganingiz uchun gunohiga sherik bo‘lasiz, albatta. Tavba qiling. Istig‘for ayting. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:36 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar