Qaysi rak’atda qaysi sura o‘qiladi?

Assalomu alaykum! “Fotiha” surasidan keyin “Nos” surasini o‘qib bo‘lmas ekan. Afsuski, namoz o‘qishda ba’zi bir qoidalarni bilmayman. Agar imkoni bo‘lsa, iltimos, besh vaqt namoz o‘qishda suralarning ketma-ketligini aytsangiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘qib bo‘lmaydi degan gap noto‘g‘ri. Agar “Nos” surasini o‘qisa, yana tepadan boshqa surani o‘qiyveradi. Buni hech karohiyati yo‘q. “Nos”dan boshqa surani o‘qib, tartibga zid ravishda undan oldingi surani o‘qishi makruh sanaladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:47 | Savol-javoblar | 174 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar