Jiyanimning oilasi buzilish arafasida
Assalomu alaykum! Bir jiyanim boridi. Judayam ilmli, Allohni tanigan muslima qiz. 2 yil oldin turmushga chiqdi. 1ta farzandi bor yana homilador. Shu vaqt ichida oilasidagi narsadan faqat yashilarini ko‘rsatadi atrofdagilarga. Yaqindagina uyiga kelganida onasiga boshqa chidomiman dib yig‘lavoribdi. Keyin onasi hamma narsani sorab surishtirsala eri qaynotasi umuman eri tomonidan barcha qarindoshlarini din taraflama ilmlari boshqachekan. Ya’ni : bizdagi hech bir ahli ilmlarni ( hattoki Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ham) tan olishmas faqat ozlariga qulay bogan narsalani to‘g‘ri dib bilisharkan. Namoz oqish oxirgi Orinda turarkan ular uchun. Eri oldin mani hizmatimi qilishin kere. Nomoz Qur’onni keyin oqivurasan, hattoki kapron naskini ustidan maxs tortvursen bo‘ladi, mani qarindoshlarimi oldida chiqib hizmat qil ( erkaklar yoniga) dib etarkan. Yana juda yomon ho‘rlirkan Har hil haqoratli gaplar bilan, mani yonimda foxisha bolishin kere, ko‘p ema kamro e shunga oxshash gaplar. Hamma qarindoshlari bir birini erini yonidayam kalta koynelada vaqti kelganida romolsizam yurvurisharkan. Jiyanim nechi marta to‘g‘ri tushuntiribdi, hattoki hadisdan Qur’ondan dalil keltirib etbersayam yo‘q bu hato dib etisharkan. Shunga onasi iltimos qiladilar sorab ber dib. Shunaqa vaziyatda jiyanim eridan ajrashishi to‘g‘rimi. Farzandlarini kelajagidan havotirda. Barcha horlilariga chidiman lekin aqidalari hatoligiga endi chidomiman dib yig‘lab yotibdi. Xolam qizlari siqilib kasal bob qolishidan hovotirdalar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni to‘ydan oldin so‘rab surishtirish kerak edi. Holatingizga biz bevosita guvoh emasmiz. Holatingizga guvoh bo‘la oladigan yaqiningizdagi biror ahli ilmga yoki oilani kattalariga bilan murojat qilinglar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni to‘ydan oldin so‘rab surishtirish kerak edi. Holatingizga biz bevosita guvoh emasmiz. Holatingizga guvoh bo‘la oladigan yaqiningizdagi biror ahli ilmga yoki oilani kattalariga bilan murojat qilinglar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush