3 yillik qarz

Assalomu alaykum! Bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uchun beminnat qilayotgan ushbu sa’y harak’atlaringizga Alloh O‘zi baraka bersin. Sizlarga qilayotgan savobli amallaringizni ajrlarini ko‘paytirib bersin. Yoshlikdan otasiz qolgan yaqin kursdoshim tadbirkorlik qilish uchun boshqalar bilan sherikchilik qilib firma ochdi. Firmani ochishda u yigit kutganidan ko‘ra ko‘proq pul sarflangan va sheriklaridan so‘rolmay qoldi. Shu payt mendan yordam so‘radi, bera olganim 400$ bo‘ldi(2012 bahorida adashmasam). U yigitga ishonaman, menga hozir o‘sha pul unchalik zarur ham emas. Kursdoshim firmasida muammolar bo‘lib, haligacha o‘sha pulni berolmadi. Men hammasini ko‘rib turdim. U yigit men rozi bo‘lganligim uchun avval hammadan qarzini uzdi, endi menga bermoqchi. Lekin necha marta kechiktirdim deb 800$ bermoqchi. Bunday kelishuv avvaldan yo‘q edi, unga avval sherikchilikni taklif qilganimda “murakkablashtirmaylik” deb rozi bo‘lmagandi. Endi men 400$ga qo‘shimcha berganini olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olmasangiz do‘stlikni ado qilgan bo‘lasiz. Kutmagan bo‘lsangiz shart qilmaganingiz uchun olishingiz joiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:51 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar