Namozda aksirganda javob berish va qabrga yozuv qo‘yish

Assalomu alaykum! 1) Namozda aksirganda yoki esnaganda, shu o‘rinda Alhamdulillah yoki Astag‘firulloh desa namoz buzilmaydimi? Yoki salom bergandan keyin aytish kerakmi? 2) Biz tomonlarda qabr atrofiga 2 qator qilib pishiq g‘isht uriladi. Bundan maqsad faqat-tuproqning atrofga yoyilib ketmasligi xolos. Bu bilan qabrlar ancha tartibli ko‘rinadi. Bu mumkinmi? 3) Qabrga belgi sifatida qo‘yilgan kichik qabr toshga marhum ismi, yashagan davri kabi ma’lumotlarni yozsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Buziladi. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi: Aksa urganga sog‘lik tilash.
Namozxon aksa urgan kishiga «Yarhamukalloh», desa, namozi buziladi. Chunki bu narsa odamlar orasida urf bo‘lgan kalomdir. Aksa urganga sog‘lik tilash namozni buzishi haqida hadis ham kelgan.
Kalomga zikr bilan bo‘lsa ham javob berish.
Misol uchun, namozxon o‘ziga xursandchilik haqida xabar etganda «Alhamdulillaah», desa, namozi buziladi.2). Mumkin. 3). Shariatimizda qabrtoshi joiz emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:34 | Savol-javoblar | 167 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar