Voqi’a surasi 39-40 oyatlari

Assalamu alaykum! “Voqi’a” surasi 39-40 oyatlari: "(O‘ng tomon egalari bo‘lmish saodatmand kishilar) avvalgi(ummat)laridan ham ko‘pchilik, keyingilardan(ya’ni, Muhammad alayhissalom ummatlaridan) ham ko‘pchilikdir" da keltirilgan "...keyingilardan (ya’ni, Muhammad alayhissalom ummatlaridan) ham ko‘pchilikdir" deyilgan ummat qaysi ummat? Bilishimcha, qiyomatda saodatmand kishilarning ko‘pchiligini payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ummatlaridan bo‘ladi deb eshitgandim va o‘qigandim. Yoki tafsirini noto‘g‘ri tushunib olayapmanmi? "Muhammad alayhissalom ummatlaridan ham ko‘pchilikdir"dan murod kimlar? Ma’lumot uchun: tafsir "O‘zbekcha izohli tarjima. Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur. Qur’on Karim"dan olindi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Mufassirlar “O‘ng tomon egalari”dan murod, “qiyomat kuni nomai amallari o‘ng tomonlaridan beriladigan zotlar” deyishgan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 126 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar