Dam solish va qo‘l olish

Assalomu alakum! Samarqandni chet tumanlarida qo‘y so‘yib, mullalardan «qo‘l olish», «qo‘l yangilab turish» degan  narsalar bor. Bu hozirda judayam ommalashgan. Dinimizda shunaqa amallar bormi? Dam solish haqida to‘liqroq ma’lumot bera olisizlarmi? Dinimizda quruq choy, shakar shunga o‘xshash mahsulotlarga dam solinadimi?
Qaynonam bir domlanikiga etib kelishimni so‘radi. U domla uyida odamlarga Qur’on tilovat qilib dam solib, pullarni o‘qib barokatli qilib qo‘yarkan. Qabuliga judayam ko‘p odamlar kelarkan. Biz ham  domlaning qabuliga qaynonam bilan kirdik, u kishi Qur’ondan suralar o‘qidi va elkamizga qamchi bilan urib «suf — suf» qilib qo‘ydi. Keyin hamma o‘z sharoitidan kelib chiqib domlaga pul tashadi. Bunaqa domlalar judayam ko‘payib ketgan. Bu domlalar haqiqiy domlami yoki folbinmi? Oldindan rahmat kattakon
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning kimligini o‘zingiz aytib turibsizku. Domla odam – olim inson Qur’oni karim o‘qiydi, uni tafsir qiladi, hadis o‘qib, uni xalqqa etkazishga va Alloh taoloni roziligini topadigan amallarni qilishga chaqiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar