Qur’oni karimning nusxasi haqida

Hazrat, menda “CHINA HUMANITY TECHNOLOGY PUBLISHING HOUSE. NEW TERRITORIES, HONGKONG. thebestzj@126. com. ISBN978-988-19868-5-6” da nashr etilgan Qur’oni Karim bor. Uning moslamachasi bo‘lib, qaysi sura yoki oyatga tekkazilsa o‘shani qiroatini yoki tarjimasini bir necha tillarda qo‘yib beradi (o‘zbekchasini Afzal Rafiqov o‘qigan). Shu Qur’onni o‘qisam bo‘ladimi? Unda Al-G‘omidiy, Abdulbosit, Assudayis (qorilarning ismini noto‘g‘ri yozgan bo‘lsam uzr eshitilishi bo‘yicha yozdim) kabi qorilarning qiroati bor. Shu qorilarning qaysi birlarining qiroatini eshitib tajvidni o‘rgansam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mahmud Xalil Husoriyning qiroatlarini eshitgan afzal. Ushbu qorining qiroatlarini ushbu erdan ko‘chirib olishingiz mumkin: https://quran.uz/quron-audio/mujavvad/181-tilovat.html

26 May 2022, 17:03 | Savol-javoblar | 150 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar