Endi nima qilay?

Men Islomni kech anglagan insonlardanman. Lekin Alllohni tanigach ibodatlarni qo‘limdan kelgancha qilib kelayapman. Dinni bilmay yashagan paytlarimdagi yomon odatlardan ba’zilari qolgan. Shu o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas deganidek, ba’zida shu gunohni qilaman va ibodatlardan to‘silib qolaman. Men shu narsaga chek qo‘yish maqsadida, jiddiy qaror qabul qilgan kishi bo‘lib, “agar yana shu gunohni qilsam, kofir bo‘lay” deb qasam ichdim. Agar shunaqa kilsam, boshqa takrorlamayman deb o‘ylagandim. Lekin Shayton yo‘ldan urdimi, ancha vaqt o‘tgach shu gunohni qilib qo‘ydim. Endi tushkun ahvoldaman. Bunday holda mening iymonim nima bo‘ldi? Men qasamim tufayli kofir bo‘lib qolmadimmi? Shuncha qilgan savob ishlarim, ibodatlarim o‘chib ketmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tavba qilib, ibodatda davom eting.

26 May 2022, 17:06 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar