Kasalligim sababli

Assalomu alaykum! Ustozlar, men hali yoshman, lekin alhamdullilah oyog‘imda bir kasallik bor. Shuni asorati bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladi, oz muddat tik oyoqda turish hatto dam olayotganimda ham kuchli bo‘masayam og‘riq sezaman. Shu kasallik sharofati bilan kunlik gunohlarim kechirilishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: دَخَلْتُ عَلَى رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم وَهْوَ يُوعَكُ، فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّكَ تُوعَكُ وَعْكًا شَدِيدًا. قَالَ: «أَجَلْ، إِنِّي أُوعَكُ كَمَا يُوعَكُ رَجُلَانِ مِنْكُمْ». قُلْتُ: ذَلِكَ أَنَّ لَكَ أَجْرَيْنِ؟ قَالَ: «أَجَلْ ذَلِكَ كَذَلِكَ، مَا مِنْ مُسْلِمٍ يُصِيبُهُ أَذًى شَوْكَةٌ فَمَا فَوْقَهَا إِلَّا كَفَّرَ اللهُ بِهَا سَيِّئَاتِهِ، كَمَا تَحُطُّ الشَّجَرَةُ وَرَقَهَا» Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirdim, u zot isitmalayotgan ekanlar. «Ey Allohning Rasuli, sizni juda qattiq isitma tutadi da», dedim. U zot: «Ha, meni sizlardan ikki kishini tutganchalik isitma tutadi», dedilar. «Bu sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchundir-da?» dedim. U zot: «Ha, xuddi shunday. Hech bir musulmon yo‘qki, unga biror ozor, tikan va undan kattaroq narsa etganda Alloh shu tufayli uning yomonliklarini xuddi daraxt barglarini to‘kkanidek o‘chirmasa», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عَنْ مُصْعَبِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قُلْتُ يَا رَسُولَ اللهِ، أَيُّ النَّاسِ أَشَدُّ بَلَاءً؟ قَالَ: الْأَنْبِيَاءُ ثُمَّ الْأَمْثَلُ فَالْأَمْثَلُ، فَيُبْتَلَى الرَّجُلُ عَلَى حَسَبِ دِينِهِ، فَإِنْ كَانَ دِينُهُ صُلْبًا اشْتَدَّ بَلَاؤُهُ، وَإِنْ كَانَ فِي دِينِهِ رِقَّةٌ ابْتُلِيَ عَلَى حَسَبِ دِينِهِ، فَمَا يَبْرَحُ الْبَلَاءُ بِالْعَبْدِ حَتَّى يَتْرُكَهُ يَمْشِي عَلَى الْأَرْضِ مَا عَلَيْهِ خَطِيئَةٌ Mus’ab ibn Sa’ddan, u otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli, qaysi odamlarning baloga uchrashi shiddatliroq?» dedim. «Anbiyolar, so‘ngra (martabada) ulardan keyingilar va ulardan keyingilar. Kishi diniga qarab baloga giriftor qilinadi. Agar dini mahkam bo‘lsa, balo ham shiddatli bo‘ladi. Agar dinida sustlik bo‘lsa, diniga qarab baloga duchor qilinadi. Banda er yuzida gunohsiz holatda yuradigan bo‘lgunicha balo u bilan bardavom bo‘ladi», dedilar». Sharh: Bundan balolar gunohlarning yuvilishiga sabab bo‘lishi bilan birga, anbiyolar kabi begunoh zotlarning darajalari yanada yuqori bo‘lishi uchun ham xizmat qilishi kelib chiqadi. Demak, dindor va taqvodor kishilarning ba’zi bir balo-ofatlarga duchor bo‘lishlarini ham xuddi shu ma’noda anglash kerak. Inchunin, zohidlik ishqida yurgan solih bandalarga balo-ofatlar etishi ham bejiz emasligini bilib qo‘yish lozim. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا أَرَادَ اللهُ بِعَبْدِهِ الْخَيْرَ عَجَّلَ لَهُ الْعُقُوبَةَ فِي الدُّنْيَا، وَإِذَا أَرَادَ اللهُ بِعَبْدِهِ الشَّرَّ أَمْسَكَ عَنْهُ بِذَنْبِهِ حَتَّى يُوَافِيَ بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon Alloh O‘z bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, unga bu dunyoda uqubatni tezlatadi. Qachon Alloh O‘z bandasiga yomonlikni iroda qilsa, unga qiyomat kuni to‘liq azob berish uchun gunohiga yarasha jazo bermay turadi», dedilar». Sharh: Demak, mo‘min banda bu dunyoda o‘ziga etadigan balolarga qiyomatga qolmay, yorug‘ dunyoning o‘zida gunohlari uchun olayotgan jazo sifatida ham qarashi kerak bo‘ladi. Bu ham Alloh taoloning mo‘min bandaga ko‘rsatgan mehridir. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ عِظَمَ الْجَزَاءِ مَعَ عِظَمِ الْبَلَاءِ، وَإِنَّ اللهَ تَعَالَى إِذَا أَحَبَّ قَوْمًا ابْتَلَاهُمْ، فَمَنْ رَضِيَ فَلَهُ الرِّضَا وَمَنْ سَخِطَ فَلَهُ السُّخْطُ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, mukofotning kattaligi baloning kattaligiga qarab bo‘ladi. Albatta, Alloh taolo qachon bir qavmni yaxshi ko‘rsa, balo ila sinab ko‘radi. Kim rozi bo‘lsa, unga rozilik bo‘ladi. Kim g‘azab qilsa, unga g‘azab bo‘ladi», dedilar». Sharh: Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lib, sabr qilgan bandadan Alloh taolo rozi bo‘ladi. Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lmay, o‘ziga etgan balodan g‘azablansa, o‘sha bandaga Alloh taoloning g‘azabi bo‘ladi. Shuning uchun mo‘min banda o‘ziga etgan har bir ko‘ngilsizlikni Alloh taolo tomonidan sinov deb bilib, sabr qilsa, Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lsa, albatta, Alloh taolo ham undan rozi bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:32 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar