Pul naqdlashtirishda ribo
Ulgurji va chakana savdo do‘konim(firma) bor. U erda naqd, plastik va pul o‘tkazish orqali to‘lovlar olamiz. Ba’zida shaxsan o‘zimdan naqd pulda qarz olgan odamlar "Do‘kon o‘zingizniki, shu sababli qarzimni plastik karta orqali to‘lasam maylimi?" deb iltimos qilishadi. Bu holatning menga noqulaylik tarafi shundaki, men 100.000 so‘m qarzimni undirish uchun terminal orqali yoki pul o‘tkazish orqali 100.000 so‘m olsam, o‘z hisobimdan 4 yoki 5% soliq to‘lashimga to‘g‘ri keladi. Sababi bu to‘lovlar firma hisobiga savdo puli bo‘lib tushadi. Bu holatda soliq summasini mening tasarrufimda qolmasligini inobatga olib, to‘lanadigan 100.000 so‘m ustiga shu to‘lov sababli vujudga kelayotgan 4 yoki 5 %lik soliq summasini ham qo‘shib berishlarini so‘rasam, ribo bo‘lib qolmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz naqd berishni talab qiling.
26 May 2022, 17:10 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz naqd berishni talab qiling.
26 May 2022, 17:10 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar