Qur’onni oson ëdlashda o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘zim tushyabdi Qur’on ëdlashda suskashtlik qilaëtganlar shu duoni o‘qisa tez oson ëdlaydi deb "Alloxumma ijma kalamaka fi sodriy" " shu xaqida malumot bormi dinimizda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’oni karimni yodlashdagi muvaffaqiyat faqat biror maxsus lafzlar bilan duo qilishda emas, balki qaysi lafzlar bilan bo‘lsa ham Alloh taolodan shuni yolvorib so‘rash, luqmani haromdan saqlash, gunohlardan chetda bo‘lish, farz va vojiblarni o‘z o‘rnida bajarish va albatta barcha jiddu-jahdini Qur’onga yo‘naltirishdadir. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 18:19 | Savol-javoblar | 0 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar