Qarzdan ko‘rilgan zarar

Ustoz farzandimiz haqqiga qilgan duolaringiz ijobat bo‘lsin. Sizga tashakkur. Galdagi savolni to‘laroq shaklda yuborgan edim, nosozlik tufayli bordimi yo‘qmi bila olmadim. Qisqacha aytganda savdo jarayonida xaridorlarimga nasiya berib o‘zbek so‘mida yozib qo‘yganman. Ular aytilgan muddatlarida bermay yuradilar. Endi hozirga kelib so‘m qadrsizlanib bormoqda. O‘sha paytda berilgan nasiya miqdoriga olinishi mumkin bo‘lgan molni, endi bugunga kelib ololmayman. Bu degani nasiyada turgan pul miqdorida uni aylantira olmaganim, mol olib qo‘ymaganim uchun zarar qilmoqdaman. Shu zararni qarzdorlar bo‘yniga hisoblab, qarziga qo‘shsam xuddi riboga o‘xshab qolmoqda. Bundan norozi bo‘lishi aniq. Lekin qarzni atayin cho‘zib yurganini tan olmaydi. Nima qilay ustoz? Zararni o‘zimda qoldirsam bo‘laveradi. Lekin tanbeh va dars bo‘lsin deb, zararni jarima sifatida atayin qochib yurganlarga qo‘shib olsam bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Pul qadrsizlanishi 33%ni tashqil qilganiga ulamolar fatvo berganlar.

26 May 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 124 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar