Qabrdagi savol javob

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bugungi kunda internet tarmoqlarida tarqalayotgan qabrdagi savol javoblar ya’ni: Qabr! Savol- Javobi! 1) Robbing kim..? 1) Robbimiz Alloh...! 2) Dining qaysi..? 2) Dinim Islom...! 3) Payg‘ambaring kim..? 3) Payg‘ambarim Muhammad(sav)...! 4) Kitobing qaysi..? 4) Kitobim Quroni Karim...! 5) Tilagin nima..? 5) Tilagim Iymon...! 6) Qiblang qaysi..? 6) Qiblam Kabatulloh...! 7) Millating qaysi..? 7) Ibrohim Halilulloh milatti...! Mazxabing qaysi..? Imomi Azam Abu Xanifa Mazxabi...! 9) Döstlaring kim..? 9) Döstlarim Chohor yorlar...! 10) Ular kimlar..? 10) Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar, Hazrat Usmon, Hazrat Alidir...! 11) Qachondan beri musulmonsan..? 11) Al-Misoqdan beri...! 12) Almisoq nima..? 12) Alloh taolo ruhimizi yaratib ulardan fada olgan kun...! 13) Etiqodin qaysi..? 13) Ahli sunnat val jamoat etiqodi...! 14) Kimni yahwi körasan..? 14) Alloh taoloni...! 15) Undan keynchi..? 15) Payg‘ambarimiz Muhammad Alayhisni...! 16) Undan keynchi..? 16) Ota Onamni...! 17) Undan keynchi..? 17) Barcha Möminlarni...! 1 Seni kim yaratgan..? 1 Alloh taolo...! 19) Nima uchun yaratgan..? 19) Öziga ibodat qiliw uchun...! 20) Ibodat digani nima..? 20) Ibodat Allohning aytkanlari uchun...! 21) Iymon kalimasini aytin...? 21)La ilaxa illolohu Muhammadur Rasululloh...! 22) Ma’nosi nima...? 22) Allohdan özga iloh yöq Muhammad alayhis uning elchisi... Shu kabi gaplar shariatimizda bormi rostan xam shu savollar qabrda so‘raladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadislarda quyidagicha keladi. عَنِ الْبَرَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْمُسْلِمُ إِذَا سُئِلَ فِي الْقَبْرِ يَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللهِ، فَذَلِكَ قَوْلُهُ: يُثَبِّتُ اللّهُ الَّذِينَ آمَنُواْ بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الآخِرَةِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُ: يُثَبِّتُ اللّهُ الَّذِينَ آمَنُواْ بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الآخِرَةِ، قَالَ: فِي الْقَبْرِ إِذَا قِيلَ لَهُ: مَنْ رَبُّكَ؟ وَمَا دِينُكَ؟ وَمَنْ نَبِيُّكَ؟ Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmon qabrida so‘ralsa, «Laa ilaaha illallohu. Va anna Muhammadan Rasululloh» deb shahodat keltiradi. O‘sha «Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham sobit so‘z ila sobitqadam qilur», degan qavlidir», dedilar».
Buxoriy, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Termiziyning lafzida:
«Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham sobit so‘z ila sobitqadam qilur». Qachon qabrda unga «Robbing kim? Dining nima? Nabiying kim?» deb aytilganda» deyilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Yana bir rivoyatda “Nima amal qilding” deb ham so‘ralishi kelgan, qolgani yo‘q. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 1 080 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar