Xufton namozini qachon o‘qish afzal
Assalomu alaykum! 643-sonli savolda namozxon xufton namozini bomdoddan avval o‘qishini bu ish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi so‘ralganida sizlarning javoblaringizda bu ish payg‘ambarimiz sunnatlariga zid ekanligi haqida yozgansizlar. Holbuki saytning "Namoz" ruknida shunday deyilgan "Xufton namozini kechaning uchdan birining oxirida o‘qish afzal va nihoyatda a’lo bo‘ladi. Vitr namozini esa tun oxirida uyg‘onishga qodir bo‘lgan kishilar subh oldidan o‘qisalar, mustahab amal qilgan bo‘lishadi". Agar keltirilgan bu qoidalardan ko‘radigan bo‘lsak xufton namozini tongga yaqin o‘qish mustahabligiga ishora qilingan. Aytingchi, bu sizlar yozgan javoblar bir-biriga zid emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odatda xuftonni bamdoddan oldin o‘qimaganlar. Siz aytgan kechiktirish esa tunni yarmigacha kechiktirish hisoblanadi. Hatto boshqa mazhab ulamolari tunni yarmidan keyin xufton vaqti ham chiqadi deyishgan. Kechaning uchdan birining oxiri tunni yarmiga ham etmagan hisoblanadi. masalan shom vaqti bilan bamdod kirish vaqtini 12 soat deb belgilansa shundan uchdan birining oxiri shom kirganidan to‘rt soat o‘tib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 18:16 | Savol-javoblar | 184 | Namoz