Zakotni nakd pulsiz (plastik kartochkadan — plastik kartochkaga) utkazish xakida

Assalomu alaykum!Zakontni nakd pulsiz plastik kartochkadan - plastik kartochkaga utkazish yuli bilan amalga oshirish joyizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida plastik kartadan bemalol foydalana oladigan kishiga tushurib berish joiz. Avvaldan aytib kelayotganimizdek, zakot, namoz, haj va ro‘za kabi buyuk ibodatlardandir. Kishining qiladigan barcha nafl ehson, sadaqot va xoyrotlari zakotning maqomiga eta olmaydi. Ularning savobi ham zakotning savobicha bo‘lmaydi. Bu ibodat uchun ham xolis niyat, pokiza mol, xushu’-xuzu’, ortidan qabul bo‘lishini Allohdan umid qilish, qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqish kerak. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 18:16 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar