Qur’on o‘qishni o‘rgatishlik

Men tajvid ilmidan amaliy dars olganman (muallimi soniydan). Qur’on o‘qishni bilaman, tajvid qoidalariga qo‘limdan kelganicha amal qilaman. Lekin Payg‘ambarimiz alayhissalomdan silsila bo‘lib kelayotgandek tajvid bilan o‘qiy olmayman. 1. Bugungi vaziyatda, men ba’zi bir o‘rtoqlarimga, jiyanlarimga va ukamlarga, Qur’on o‘qishlikni o‘rgatsam bo‘laveradimi? Ularning ba’zilari Qur’on o‘qishlikni bilishsa ham, ancha xatolarini bilib turaman. Ularga katta tajvid ustozlaridan ta’lim olishlikni tavsiya qilaman. Ungacha men yordam berib tursam degandim. 2. Ustoz bu holatda menga gunoh bo‘lmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
InshaAlloh gunohkor bo‘lmaysiz, savob olasiz. Ulardan yaxshi bilsangiz, o‘rgatavering.

26 May 2022, 17:31 | Savol-javoblar | 147 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar