Onajonim qanday yo‘l tutsinlar?

Bir tanishimning iltimosiga binoan savolni yo‘llamoqdaman. Savol: Otamlar 1997 yil qazo qilganlar. Shaharda 3 ta farzand bilan onam yolg‘iz qolganlar. Qiynalsalar ham halol topib katta qildilar, o‘qitdilar. Ancha yil yolg‘iz yashadilar. Bundan 2 yil avval bir Qo‘qonlik amaki avvalgi ayoliga taloq bergandan so‘ng onamni nikohlariga olgan edi. Oradan vaqtlar o‘tib, u inson Qo‘qonga qaytib ketdi. Oylar o‘tdi hozir eski oilasi bilan. Telefon qilsalar ko‘tarmaydi, na javob beradi jim. Onajonim esa sabrdalar. Lekin bu judayam adolatsizlik. Bu holatda qancha kutishlari kerak yoki shar’iy taloq qilishini so‘rash kerakmi? Onajonim bu vaziyatda qanday yo‘l tutsinlar?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Taloq so‘rash yoki xulu’ qilish kerak.

26 May 2022, 17:34 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar