Unutib qo‘yish

Assalomu alaykum! 1). Namoz o‘qiyotkanimda attaxiyotni ettimi etmadim unutib qo‘ymoqdaman subxana robbiyal aziym va subxana robbiyal a’lalarni xam unutib qo‘ymoqdaman. 2). Man namozda 1 yildan beri faqat qulxu olloxu axadni o‘qimoqdaman namozlarim qabul bo‘lyaptimi? Shu Yosin o‘qisam bo‘ladimi? 3). Chetdan kegan tanishim bu bidat u bidat dib mani shubhaga sob qo‘ydi. Qando o‘qishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tashahhud o‘qishni unutib tark qilgan bo‘lsangiz sajdai sahv qilasiz. Ruku’ va sajdadagi zikrlarni tark qilish bilan sajdai sahv vojib bo‘lmaydi.2). Farz namozda bir surani ikkala rak’atida takror o‘qish makruh. Boshqa kichik suralarni ham yodlab, namozda o‘qing. Siz o‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga uchrab, namoz hukmlarini mukammal o‘rganib oling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar