Tumor

Bir joyda quyidagi baxsni o‘qib qolgandim: Savol: Oyatlar yozilgan tumorlarni taqish va idishga oyatlarni ko‘chirib, suv bilan chayib ichish mumkinmi? Javob: Oyatlar, Allohning ism va sifatlari yozilgan tumorlarni taqish hanafiy, molikiy, shofi’iy va hanbaliy mazhablari ulamolari nazdida joizdir. Tumor haqida kelgan hadis shirk so‘zlar yozilgan tumorlar haqidadir. Bu o‘rinda shuni alohida eslatamiz: oyatlar yozilgan tumor bilan hojatxonaga kirmaslik kerak. Idishga oyatlarni ko‘chirib, suv bilan chayib ichish ham joizdir. Ibn Abbos (roziyallohu anhu) tug‘ishga qiynalgan ayolga ana shunday qilishni buyurganlari naql qilingan (“Bayon linnas”, “Al mavsua al fiqhiya”)”. Ushbu fatvoga amal qilsak bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘ladi.

26 May 2022, 17:35 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar