Bid’at emasmi?
Assalomu alaykum! Bizga ko‘rsatayotgan yordamlaringiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Bir tanishim momolarga chuchvara pishirib berib turish kerak, ular duo qilsa yo‘llarni ochadi deydi. Men bu narsalarga ishonmayman: momolarga chuchvara pishirish, kinna silash kabi. Men to‘g‘ri yo‘ldamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni bunday ishlari noto‘g‘ridir. Hadislarda Alloh taoloning 99ta sifatlari zikr qilingan. Aslida Alloh taoloning bundanda sifatlari ko‘p. Banda qaysi holatga tushmasin uning dardining shifosi, ko‘makchisi, haloskori yolg‘iz Alloh taoloning O‘zi ekanligini bildirish uchun bandalariga o‘sha sifatlarini zikr qilib o‘tgan. Bir o‘rinda “Agar bandam sen gunohkor bo‘lsang, Men G‘ofir(kechiruvchi)man, agar ko‘p-ko‘p gunoh qilsang Men G‘ofuur(qayta-qayta kechiruchi)man va agar sen gunoh botqog‘iga botgan bo‘lsang(soch tolangdan oyoq tirnog‘ingacha gunohkor bo‘lsang) Men G‘affoor(sening holatingdagidan battarlarini ham kechiruvchi)man” degan. Bandaning ishi bitta, shunday Parvardigori bor ekanligini tanib, tavba qilish xolos. Tavbasini Alloh taolo qabul qilganlar aslo azob chekmaydilar. Alloh taolo “Baqara” surasida «Albatta, Alloh ko‘p tavba qiluvchilarni sevadir va poklanuvchilarni sevadir» deb marhamat qilgan. Farzand ko‘rmayotganlar haqida Alloh taolo Qur’on karimda uni ham beruvchi O‘zi ekanligini bayon qilib “Shuuro” surasida marhamat qiladi: لِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَخْلُقُ مَا يَشَاء يَهَبُ لِمَنْ يَشَاء إِنَاثًا وَيَهَبُ لِمَن يَشَاء الذُّكُورَ أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَاثًا وَيَجْعَلُ مَن يَشَاء عَقِيمًا إِنَّهُ عَلِيمٌ قَدِيرٌ 49. Osmonlaru erning podshohligi Allohnikidir. U Zot xohlagan narsasini yaratur. U Zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etur. 50. Yoki ularni juftlab – o‘g‘il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug‘mas qilur. Albatta, U o‘ta biluvchidir, o‘ta qudratlidir. Alloh taoloning eng suyukli bandasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Alloh taolo “Hamma narsaning hazinasi meni qo‘limda, sizni qo‘lingizda esa hech narsa yo‘qligini ayting” deb turgan bo‘lsa, chuchvara nima ham qilib bera olardi? Balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Alloh taoloning O‘ziga yuzlanish va hojatlarini Undangina so‘rash kerak. قُل لاَّ أَقُولُ لَكُمْ عِندِي خَزَآئِنُ اللّهِ وَلا أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلا أَقُولُ لَكُمْ إِنِّي مَلَكٌ إِنْ أَتَّبِعُ إِلاَّ مَا يُوحَى إِلَيَّ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الأَعْمَى وَالْبَصِيرُ أَفَلاَ تَتَفَكَّرُونَ 50. Sen: «Sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», ham demasman, g‘aybni ham bilmasman. Va yana sizlarga: «Men farishtaman», deb ham aytmasman. Men faqat o‘zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», – deb ayt. «Ko‘r bilan ko‘zi ochiq teng bo‘lurmi? Tafakkur qilmaysizlarmi?» – deb ayt. Bu oyati karimada payg‘ambarlik va Payg‘ambar shaxsi haqidagi haqiqiy tasavvur bayon qilinmoqda. Alloh taolo mushriklar tomonidan turli savollarga tutilayotgan, har xil talablarni eshitayotgan Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga o‘zlarining kim ekanliklarini bayon qilib berishni amr qilmoqda: «Sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», ham demasman». Ya’ni «Mendan molu dunyo, nozu ne’mat kutmang. Allohning Payg‘ambari bo‘lganim uchun, U Zot menga xazinasini ochib bermagan. Kim menga ergashsa, uni mol-dunyo va noz-ne’matga ko‘mib tashlay olmayman. Kim menga shu umidda ergashmoqchi bo‘lsa, ushbu haqiqatni ham bilib qo‘ysin, men: «…g‘aybni ham bilmasman». Bu mening payg‘ambarlik mas’uliyatimga kirmaydi. G‘aybni faqat Allohning O‘zi biladi, xolos. Kim menga g‘aybni bilishimni shart qilib ergashmoqchi bo‘lsa, bilib qo‘ysinki, men o‘zimga ergashganlarga g‘aybning xabarini bera olmayman. Va yana: «Men farishtaman», deb ham aytmasman». Payg‘ambar farishta bo‘lishi kerak, degan fikrlaringiz bo‘lsa, bu behudadir. Men odamman. Shuning uchun mendan odamga xos tasarruflar chiqadi, farishtaga xos tasarruflar chiqmaydi, bu haqiqatni ham bilib qo‘yinglar. «Men faqat o‘zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos». Mening boshqa odamlardan farqim – menga Alloh huzuridan vahiy keladi. Men o‘sha vahiyga ergashaman, xolos. Alloh taolo bandasiga bergan son-sanoqsiz ne’matlar ichida eng ulug‘laridan biri aql ne’mati hisoblanadi. Ammo aqlni ishlatib, to‘g‘ri yo‘lga solib turadigan narsa vahiydir. Chunki aqlning o‘zi insonga ikki dunyo saodatini topishiga yordam bera olmaydi. Butun inon-ixtiyor aqlning o‘ziga tashlab qo‘yilsa, turli xatolar, burilishlar, buzg‘unchiliklar, hatto halokatlar kelib chiqadi. Bunga o‘zimiz yashab turgan bugungi voqe’lik guvoh. Hozirda inson aqli juda ham rivojlangan deb da’vo qilinmoqda. Ammo o‘sha rivojlangan aql insoniyatning o‘zini kundan-kunga halokat jari tomon tortib ketmoqda. Aqlning eng muhim vazifalaridan biri – Allohdan kelgan vahiyni idrok etish va unga amal qilish yo‘qqa chiqqanda shunday bo‘ladi. «Ko‘r bilan ko‘zi ochiq teng bo‘lurmi? Tafakkur qilmaysizlarmi?» – deb ayt». Vahiysiz inson, payg‘ambarga ergashmagan inson ko‘rdir. Ko‘zi ko‘rmaydigan odam qoqilib, suqilib, o‘zini har tomonga urib, hech narsani aniqlay olmay, ba’zan halokatga ham yuz tutgani kabi, vahiysiz odam – dinga amal qilmagan, Allohdan Payg‘ambarga kelgan vahiyni o‘ziga qabul qilmagan odam ko‘ngli tusagan ishni qiladi, o‘zini har tomonga uradi va oqibatda halokatga uchraydi. Vahiyga ergashish esa ko‘zi ochiqlikdir. Bu dunyoda ko‘zi ochiq odam har bir narsani yaxshi ko‘rib, foydasiga yurib, zararidan chetlanadi. Vahiy aql ko‘ra olmagan narsalarni ham ko‘radi. Kishini to‘g‘ri, haq va saodat yo‘liga boshlaydi. Ikki kishini chorlab, ko‘zlangan bir joyga borishni buyursak, yo‘l uzoq, xatarli va notanish bo‘lsa, boz ustiga, ularning biri ko‘r, ikkinchisi ko‘zi ochiq bo‘lsa, ikkovlari manzilga bir xilda etib boradi, deya olamizmi? Yo‘q, albatta! Ko‘zi ochiq ko‘zlangan manzilni qiynalmasdan, birpasda topadi. Ko‘r esa topa olmaydi. Balki o‘zini turli joylarga uradi, ehtimol, halokatga uchraydi. Vahiyga ergashgan – ko‘zi ochiq, ergashmagan – ko‘r. Endi ayting-chi, ikkovlari teng bo‘la oladilarmi? O‘ylab ko‘ring, axir! Ushbu oyati karimada zikr qilingan haqiqatni bugungi kunda ham chuqur anglashga ehtiyoj seziladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning merosxo‘rlari bo‘lmish ulamolarga – Islom da’vatiga xizmat qiluvchi kishilarga odamlarning turli talablari ko‘p. Jumladan, ularni dinga da’vat qilsalar, da’vatga qo‘shib, molu dunyo berishlarini ham so‘raydilar. Aks holda boshqa din yoki toifalar molu dunyo va’da qilayotgani, ana o‘shalarga qo‘shilib ketishlari mumkinligini aytib, «qo‘rqitadilar». Shuningdek, g‘ayb xabarlaridan «fol ochish»ini, boshqalar ayni shunday qilishayotganini aytishadi. Yoki da’vatchi shaxsida farishtaning xuddi o‘zini ko‘rishni xohlaydilar. Ulardagi insonlik sifatini kamchilik deb gumon qiladilar. Bu ham odam-ku, deb o‘ylab ko‘rmaydilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan “An’om” surasi). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 18:38 | Savol-javoblar | 181 | Aqiyda