Kelishuvga aralashgan yolg‘on haqida

Men o‘zim yurgizib turgan firmani sotib olish uchun bir ayoldan qarz so‘radim. U ayol eri bilan tanishtirdi va eri bilan kelishib firmadagi asosiy texnikani unga sotdim va shu texnika ustidan ikki oy “suxoy” va ikki oydan so‘ng “vыkup” ijaraga kelishdik. Lekin yozma tilxat faqat “suxoy ijara” ga yozilgan edi. Oz muddatdan keyin, eri uzoq safarga ketdi. Men ikki oylik “suxoy ijarani” to‘ladim. Kelishilganidek, endi “vыkup” ga ishlaylik” desam, ayoli “erim “vыkup” ga ko‘nmayapti, faqat “suxoy” ekan” dedi. Men rozi bo‘lmasamda, noilojlikdan uning shartiga ko‘nishga majbur bo‘ldim. Ishlarim orqaga ketib, ijara xaqidan ma’lum summa qarz bo‘lib qoldim. Eri safardan kelgandan keyin ma’lum bo‘ldiki, bu ayol o‘z manfaatini o‘ylab, eriga meni “vыkupga olmoqchi emas ekan” degan, menga esa “erim vыkupga bermoqchimas” deb ikki tomonga ham yolg‘on ishlatgan. 1) Ilk kelishuvimizdagi 2 oy “suxoy” dan tashqari to‘langan pul ular uchun halolmi? 2) Aldovli kelishuvdagi qolgan pulni to‘lashga majburmanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1) Ilk kelishuvdagi 2 oy “suxoy” dan tashqari to‘langan pul ular uchun halol emas. 2) Aldovli kelishuvdagi qolgan pulni to‘lashga majburmassiz.

26 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar