Yaxshilikka undash ajri haqida
Assalomu alaykum! Menga bir tanishim har farz namozidan keyin Oyatal Kursini o‘qigan odamni faqat o‘lim jannatdan to‘sib turishi haqida xabar yuborgan edi men o‘sha xabardan keyin doimo farz namozidan keyin Oyatal Kursini o‘qiydigan bo‘ldim keyinchalik shayx xazratlarini ham farz namozidan keyin o‘qiydigan odamni faqat o‘lim jannatdan to‘sib turishi haqida eshitdim payg‘ambarimiz kim birovni bir yaxshilikka undasa unga o‘sha yaxshilikni qilganlik ajri yoziladi deganlar. Savolim shuki menga Oyatal Kursini o‘qishni xabarini bergan odamni jannatiy odam deb hisoblasam bo‘ladimi? Albatta kim jannatga kirishini yolg‘iz Alloh hal qiladi. Agar savolim dinimizga zid bo‘lsa uzur so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda jannatiy ekani haqida xabar vorid bo‘lgan shaxslardan boshqa hech kimni jazm bilan jannatiy deya olmaymiz. Vallohu a’lam!
21 Iyul 2022, 16:52 | Savol-javoblar | 162 | Hadislar