Qimmatbaho qog‘ozlar

Assalomu alaykum! Qimmatbaxo qog‘ozlar bozorida biror kompaniyaga egalik va ko‘rgan daromadiga sheriklik qilish xuquqini beruvchi aktsiyalarini sotib olib narxi oshganidan keyin sotib foyda ko‘rish joizmi? Endi shu aktsiyalarni kelajakda ma’lum bir narxda sotib olish variantini beruvchi kontraktlar (optsionlar)ga egalik qilib  yoki ular bilan savdo qilib foyda ko‘rsachi, joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu qaysi kompaniyani aktsiyasini sotib olish va sotishingizga bog‘liq. Shariatga zid bo‘lgan narsalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning aktsiyasi bo‘lsa joiz emas. 2). Aktsiyalar 100 so‘m bo‘lsa 90 so‘mga sotilib oy oxirida 100 so‘m qilib beriladiganlari bor. Bu ham joiz emas. Ba’zilari 100 so‘mga sotib hech qanday ishlab chiqaruvchisiz siz qarz berganligingiz uchun 110 so‘m qilib qaytarib beruvchilar bor. Bu ham joiz emas. Aniq qanday aktsiya sotib olishini, nimalar bilan faoliyat yurgazishini va nimani evaziga foyda berishini aniq yozib yuboring. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 18:38 | Savol-javoblar | 138 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar