Oltin savdosi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim nojoiz bo‘lsa uzr so‘rayman. Men Rossiyada oltin oldi-sotdisi bilan shug‘unlanmoqchiman. Ba’zi oltin do‘konlarda oltin buyumlar narxi juda arzon bo‘lib qoladi. Oltin olgandan keyin o‘sha do‘konni mijozi bo‘lib qolishi uchun kartochka beriladi. Shu kartaga oltinni arzon narxda olib, odamlarni aldamay, ikki tarafni roziligi asosda men ham olib sotsam bo‘ladimi? Ya’ni do‘konga nisbatan arzon sotmoqchiman. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar do‘konlarni “bizdan chegirma bilan olib, arzonga sotmaysan” degan cheklovi bo‘lmasa, joiz. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat