Qiblaga qarab bavl qilish

Assalomu alaykum! Hozirgi paytda baland qavatli binolarda unitazlarning ba’zilari qiblaga qarab turadi. Ilojsizlikdan u erda bavl qilishga to‘g‘ri keladi. Buning hukmi qanday bo‘ladi? Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 29-BOB. MADINA HAMDA ShOM VA MAShRIQ AHLINING QIBLASI HAQIDA لَيْسَ فِي الْمَشْرِقِ وَلَا فِي الْمَغْرِبِ قِبْلَةٌ، لِقَوْلِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم: «لَا تَسْتَقْبِلُوا الْقِبْلَةَ بِغَائِطٍ أَوْ بَوْلٍ، وَلَكِنْ شَرِّقُوا أَوْ غَرِّبُوا». Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qazoi hojat yoki bavl qilishda qiblaga yuzlanmang, balki sharqqa yoki g‘arbga qarang» degan so‘zlariga binoan, (Madina ahli uchun) mashriqda ham, mag‘ribda ham qibla yo‘q.   حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ قَالَ: حَدَّثَنَا الزُّهْرِيُّ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَزِيدَ، عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيِّ: أَنَّ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا أَتَيْتُمُ الْغَائِطَ فَلَا تَسْتَقْبِلُوا الْقِبْلَةَ وَلَا تَسْتَدْبِرُوهَا، وَلَكِنْ شَرِّقُوا أَوْ غَرِّبُوا». قَالَ أَبُو أَيُّوبَ: فَقَدِمْنَا الشَّأْمَ فَوَجَدْنَا مَرَاحِيضَ بُنِيَتْ قِبَلَ الْقِبْلَةِ، فَنَنْحَرِفُ وَنَسْتَغْفِرُ اللهَ تَعَالَى. وَعَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عَطَاءٍ قَالَ: سَمِعْتُ أَبَا أَيُّوبَ عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم مِثْلَهُ. طرفه:  - تحفة: Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qazoi hojatga borganingizda qiblaga qarab ham, unga orqa qilib ham yuzlanmang, balki sharqqa yoki g‘arbga qarang», dedilar». Abu Ayyub aytadi: «Shomga kelib, qibla tarafga qaratib qurilgan hojatxonalarni ko‘rdik. Biz (qibladan) biroz burilar va Alloh taolodan mag‘firat so‘rar edik».(“Oltin silsila” kitobidan. Sahihi Buxoriy). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar