Dayuslikmasmi

Assalomu alaykum! Turmushga chiqqanimga o‘n ikki yil bo‘ldi, xo‘jayinimni amakilari bilan bir xovlida turamiz, darvozani ochib qo‘yishadi. Bilmi qolaman, bazan ro‘molsiz yurganimda qo‘shni erkela amakimizzi chaqirib kelib qolishadi. Amakimiz xam bazan ro‘molsiz ko‘rib qoladilar. To‘y yig‘inlada amakilarini ayollarini aka-uka tanish bilishlari ichkilik ichishadi yomon ko‘z bilan qaramagan taqdirda xam ichgan erkaklar bor xonadonda xo‘jayinim bir o‘zimni yoki farzandlarim bilan qoldirib biror joyga ketsala dayus bo‘ladilami mandan boshqa ayollar bo‘lmasa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz xo‘jayiningizni dayus bo‘lishini o‘ylagandan ko‘ra o‘zingizni nomahramlar nazariga o‘sha holatda tushib qolishdan ehtiyot qiling. Darvozani yopib qo‘ying, xovliga chiqsangiz satrlanib chiqing. Muslima ayollar bu borada juda ziyrak bo‘lishlari kerak. Eringiz bilan maslahat qilib alohida chiqishga harakat qilinglar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar