Tajvidli insonni tajvidsiz imomga iqtido qilishi haqida

Mening tajvidim o‘rtacha, masjid imomlarining tajvidlari esa ancha buzuq, e’roblarni buzib tilovat qilishadi. Hozirda o‘zimizning shahrimizda tajvidi yaxshi masjid imomini topa olmayabman, tajvidi yaxshilar esa imom emaslar. Mazkur sabablar tufayli, hozirda masjidga jamoat namozlari uchun vaqt ajratib borganim yo‘q. Namoz vaqti bo‘lib masjidga kirsam ham, ba’zida o‘zim yashirinib yakka o‘qiyabman, ba’zida fitna chiqmasin deb iqtido qilib, keyin qayta o‘qib olyabman. Juma namozini ham o‘qib, keyin peshinni o‘qib olaman. Shu sabab, jamoatning savobidan quruq qolyabman, jamoatdan uzilib qolyabman. Hazrat, shu qilib turgan ishlarim to‘g‘rimi? Men nima qilay, iltimos maslahat bering. Oldin jamoat namozi uchun uxlab qolishdan tashqari xar narsadan kechar edim, masjidga bo‘lgan muhabbatim juda kuchli edi, hozirda mazkur sabab tufayli buning aksi bo‘layabdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Gapingiz odamni o‘ylantirib qo‘yadi. Agar aytganingiz to‘g‘ri bo‘lsa, o‘zingiz namoz o‘qishingizga to‘g‘ri keladi.

26 May 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar