Dastur

Assalomu alaykum! Allohga shukur menga talaba bo‘lish nasib etdi. Ammo hozir bir muammo paydo bo‘lmoqda. Bizlarga hozir 7 ta fan o‘tilyapti. Shulardan birida biz bir kompyuter dasturida ishlashimiz, uni o‘rganishimiz kerak ekan. Ammo men o‘qiydigan oliygohda bu dasturning "qaroqchi" versiyasidan foydalanilar ekan. Men dasturning litsenziyali variantidan foydalanish bo‘yicha taklif bergandim, ammo bu ijobiy hal bo‘lmadi. Bunga sabab oliygohning moddiy ahvoli bo‘lsa kerak. Balki keyinchalik bu muammo ham hal bo‘lar, lekin men hozir nima qilishni bilmayapman. Dasturni o‘rganmasam past baho olib "yozgi o‘qish"ga qolib ketishim mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha dasturni o‘zingiz sotib olib o‘rganavering. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar