Nima qilishni bilmayapman

Shayxim, 3 yil oldin uylangandim, ayolimdan nolinmayman, faqat onam ayolimni tushinmaydilar, tirnoq ichidan kir qidiradilar, shu vaqtgacha ayolimni tarafini olib chiqmaganman, ayolim onam urishsa indamay jim o‘tiradi, onamni gap so‘zlariga chidab bo‘lmayapti, onamni xafa qilib qo‘ymay deb yurtimni, oilamni, o‘z ishimni tashlab Rossiyaga ishlagani keldim, maslahat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Onangizga gapi o‘tadigan odamlar tushuntirsinlar. Siz ham muloyimlik bilan ayting. Zulm yomon narsaligini tushunishi kerak.

26 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar