Azon ovozini eshitmaganman!

Assalomu alaykum! Men yangi manzilda yashayotganimga bir yarim yilda oshdi. Azon ovozini eshitmaganman, lekin namoz o‘qiyverganman, hayolimda azon ovozi eshtilsa kerak degan o‘y bo‘lgan, azon ovozining eshtilish eshtilmasligi ancha vaqtda so‘ng hayolimga keldi, uyimga bo‘lgan eng yaqin masjidlar 5 ta bo‘lib ularning masofasi 2.4km, 2.5-2.6km eng yaqini 2.1km ammo azon ovozini eshitmaganman, shu paytgacha bo‘lgan namozlarimni qazo qilib qayta o‘qishim kerakmi? Azon aytishim shartmi balkim azon ovozini men eshitmasman, azon ovozining eshtilish ehtimoli degan narsa bormi? Rostdan ham azon eshtilmasa azon aytish kerak bo‘lsa namozini qancha vaqtda o‘qishiga qarab shuncha vaqt oldin azon aytiladimi, agar shunday bo‘lsa bazida vaqtim kam bo‘ladi talabaman, yani azondan so‘ng namoz boshlayversam joyizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo namozni jamoat bilan masjidda ado qilishga harakat qiling. Bunga imkoningiz bo‘lmasa, sizning vaziyatingizda namoz vaqti kirgach o‘zingiz azon aytib namoz o‘qiganingiz ma’quldir. Azon bilan namoz orasidagi vaqt bir kishi tahorat olgunicha miqdorda bo‘lishi afzal. Avvalgi namozlaringizga kelsak, namozingiz durust, qayta o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar