Onlayn ta’lim haqida fikrim
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin! Onlayn ta’lim tug‘risida o‘qib juda xursand bo‘ldik va shunga o‘z fikrimni bildirmoqchi edim. Men ingliz tilini onlayn o‘rganganman, skype orqali. O‘sha usulni bunga qo‘llasa menimcha yomon bo‘lmas edi, imkoni bo‘lsa. Mening fikrimcha, ko‘pchilik tajvid ilmini o‘rganishni xohlaydi, shu o‘rinda biz ham oilaviy. Bunda o‘quvchiga bitta dars 20 daqiqa tekinga o‘tiladi, bunda o‘quvchi o‘ziga ustoz tanlaydi va yoqsa keyin paket sotib oladi, 10 ta yoki 20 ta dars va ustozi bilan hafta kunini va vaqtini kelishadi va pulni to‘lagandan so‘ng darsni davom ettiradi. Alloh bunday savobli ishlarda barchamizni bardavom qilsin! Oldindan rahmat ustoz, agarda bu ta’lim yo‘lga qo‘yilsa inshaalloh birinchilardan bo‘lib biz ham yozilib davom ettirar edik. Sayt xodimlariga va Adminga ham katta rahmat, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tashakkur. Odamlarimiz ishlashmoqda. Tajvid darslari mavjud.
26 May 2022, 18:08 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tashakkur. Odamlarimiz ishlashmoqda. Tajvid darslari mavjud.
26 May 2022, 18:08 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar